Madaniyat

Ayol qudrati uning tilida namoyon

Odamlar o‘rtasidagi munosabatni belgilaydigan muomala – inson yuragini ko‘zguda aks etgandek namoyon etadi. Kishining so‘zidan, muomalasidan uning qanday odam ekanligini bilib olish qiyin emas. Inson kamolotida, hayot rivojida, ish yuritishda, odamlar sihat-salomatligini muhofaza qilishda muomala asosiy omildir. “Bug‘doy noning bo‘lmasa ham, bug‘doy so‘zing bo‘lsin” deydi xalqimiz.

Shirin til, mulohaza, mushohada bilan samimiy muomalada bo‘lishga odatlanish – har bir insonning, ayniqsa, hayot fayzi bo‘lgan xotin-qizlarning eng asosiy fazilati.

Qiz bola go‘zal, xushqomat, zebi-ziynatlari ham joyida bo‘lsayu, muomalasi qo‘pol, zardali yoki beandisha bo‘lsa, so‘zi bilan atrofdagilar dilini og‘ritsa – uni go‘zal deyish mumkinmi?! Kishi odatda libosiga, chiroyiga qarab kutib olinadi, aqliga qarab kuzatiladi. Ayol aqlini muomalachalik namoyon etadigan narsa bo‘lmasa kerak. Muhabbatni qozonish uchun ham, avvalo, muomala madaniyatining yuksak bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

[дропсап тйпе="сирсле"]1[/дропсап] Har qanday muomalaning boshi salomdir. Salomlashish dinimiz muomalama madaniyatining ham bosh mezoni sanaladi. Bir donishmand: “Kaloming kamolingni belgilaydi, maqoming makoningni belgilagani kabi”, deb aytishida hikmat bor

[дропсап тйпе="сирсле"]2[/дропсап] Yoshlikdan noo‘rin, qo‘pol, ibosiz so‘zlarni tilga olmaslikka odatlangan ma’qul;

[дропсап тйпе="сирсле"]3[/дропсап] Ma’noli, kishi ruhini ko‘taradigan so‘zlar ila fikrni izhor qilish maqsadga muvofiq;

[дропсап тйпе="сирсле"]4[/дропсап] Lekin haddan tashqari shirinso‘zlikdan ham tilyog‘lamalikning “hidi” kelib qolishi hech gap emas. Shu bois, samimiyatni mahkam tuting;

[дропсап тйпе="сирсле"]5[/дропсап] Qiz bolaning deyarli hamma bilan “siz”lab gaplashishi go‘zal manzara kasb etadi;

[дропсап тйпе="сирсле"]6[/дропсап] Doimiy ochiq chehrada bo‘ling;

[дропсап тйпе="сирсле"]7[/дропсап] Jaxl chiqqanda, o‘zingizni qo‘lga oling. Shaxsiy muammolaringiz birovni tabini xira qilishiga yo‘l qo‘ymang;

[дропсап тйпе="сирсле"]8[/дропсап] Yolg‘on gapirmang. Bir yolg‘on keyingisini yetaklashi mumkinligini unutmang;

[дропсап тйпе="сирсле"]9[/дропсап] Insonlarni kamsitmang. Har bir insonning o‘z qarashlari mavjud;

[дропсап тйпе="сирсле"]10[/дропсап] So‘zingiz ila amalingiz mosligini nazorat qilib boring.

So‘zda ulkan kuch bor. Ayolning qudrati uning shirin tilida, ojizaligida namoyon. Muomala bilan ne-ne dillar qulfiga kalit topiladi, ne-ne orzularga yo‘l ochiladi.