Ikkinchi podkastimizni qaynona va kelin munosabatlariga bag‘ishladik. Yaxshi kelin qanday bo‘ladi? Qaynonaga yoqish uchun nimalar qilish keragu nimalar mumkin emas? Xuddi shu savollarni kelinlar va qaynonalarga berdik va xulosani taniqli adiba, ma’rifiy kitoblar va eshittirishlar muallifi Tursunoy Sodiqovadan eshitdik.
Marhamat, podkastimizni tinglab, siz ham izoh orqali o‘z xulosangizni qoldiring. Sizningcha, yaxshi kelin yoki qaynona qanday bo‘lishi kerak? Podkastda bildirilgan fikrlarga qo‘shilasizmi?