Kutubxona

Ayol.uz podkasti: Stressdan qanday qutilish mumkin (1-epizod)

Siz uchun yangiligimiz bor. Saytimizda yangi loyiha boshladik: Ayol.uz podkasti.

Podkast nima?

Podkast o‘zi nima, degan savol tug‘ilgan bo‘lsa, qisqa javobimiz shuki, podkast bu audio eshittirish. Uni suhbat yoki muloqot deyishimiz ham mumkin. Unda saytimiz o‘quvchilari - siz ayollar uchun qiziqarli bo‘lgan eng muhim mavzularni tanlab olib, dildan suhbat quramiz. Audio suhbatlarimiz haftada bir marta e’tiboringizga havola qilinadi. Har bir yangi audioni epizod deb nomlaymiz. Demak, bundan buyon har hafta saytimizga tashrif buyurib, suhbatimizni tinglashni esdan chiqarmang. Podkastimizni yosh jurnalist, qalami va ovozi o‘tkir Dilshodabonu Avvalboyeva olib boradilar.

Podkastning maqoladan qanday afzalligi bor?

Maqolani o‘qish uchun alohida vaqt ajratishingiz, bir joyga o‘tirib, telefoningiz yoki komputeringiz ekraniga tikilib, butun diqqatingizni unga qaratishingiz kerak. Audioni telefoningizda yoki kompyuteringizda ovozini chiqarib yoki quloqchin orqali istalgan payt va istalgan joyda tinglashingiz mumkin. Ovqat qilayotgan bo‘lsangiz ham, kir yuvayotgan bo‘lsangiz ham yoki bekatda avtobus kutib o‘tirib ham uni tinglash imkoniyatiga egasiz. Uni tinglash uchun oldindan telefon yoki kompyuteringizga saqlab olib, istalgan payt internet yo‘q paytlarda ham tinglashingiz mumkin. Avtobusda ishga yoki o‘qishga ketayotib 10-15 daqiqa vaqtingizni foydali bir mavzuda ajoyib audio suhbatni tinglashga sarflamasmidingiz?

Sizni ishontira olamizki, bizning podkast kundalik radio eshittirishlaridan yoki siz har kuni tinglaydigan qo‘shiq va musiqalardan qiziqarliroq va foydaliroq bo‘ladi. Agar bunday bo‘lib chiqmasa, bizga bog‘laning. Taklif va munosabatlaringizni har doim samimiyat bilan qabul qilamiz.

Qanday mavzular haqida podkast tayyorlashimizni xohlaysiz?

Mavzular bo‘yicha sizda biror taklif bo‘lsa, ular haqida ham bizga xabar bering. Navbatdagi epizodlarimizda siz tinglashni xohlagan mavzularni ham yoritishga harakat qilamiz.

Demak, podkastimizning birinchi epizodini qabul qilib oling:

Birinchi epizod mavzusiga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingizni tavisya qilamiz:

  1. Tushkunlik va stressni yengishga yordam beruvchi mahsulotlar
  2. Stress va saraton kasalligiga qarshi antioksidantlar
  3. Stressni yengib, yurakka yordam berishning ommabop 4 usuli
  4. Stressdan qutilish uchun tavsiyalar
  5. Doimiy stress sharoitida g‘ayrat-shijoatni qayta tiklaymiz
  6. Bahorgi depressiyani yengishga yordam beradigan 7 ta mahsulot