Biz bugun ayollarimizga sog‘ligini, yoshligini, go‘zalligini va yaxshi kayfiyatini saqlash uchun qaysi shifobaxsh o‘tlardan qilingan choylarni ichishlari zarurligi to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Yalpiz bargli choy
Yalpizli choy – tinchlantiruvchi, charchoqni va xavotirni yo‘qotuvchi, uyquni yaxshilovchi vosita hisoblanadi. Yurak-tomir tizimi uchun – miya faoliyatini yaxshilashda, bosh og‘rig‘ini tinchlantirishda va qon bosimini tushirishda yordam beradi. Hazm qilish tizimi uchun – damlash va yallig‘lanishni bartaraf etishda, ovqat hazm qilishni yaxshilashda va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikrofloralar bilan kurashishda tengi yo‘q hisoblanadi. Bir piyola qaynagan suvga 1 choy qoshig‘ida maydalangan yalpiz bargini solib damlaysiz va asal, limon qo‘shib ichsangiz ham bo‘ladi.
Moychechakli choy
Moychechakli choy – kayfiyatni ko‘taradi, noxush o‘ylardan xalos qiladi va ruhan chiniqtiradi. 1 osh qoshiqdan moychechak, boyarishnik va qizilpoycha o‘tlarini aralashtirasiz. 1 choy qoshiq aralashmani bir piyola qaynoq suvga solib 1 soat davomida damlab qo‘yasiz. Damlamani bir sutkada uch mahal ichasiz.
Malina bargidan tayyorlangan choy
Malinali choy – kayfiyatni ko‘taradi, organizmni shlaklar va toksinlardan tozalab, yoshlik va go‘zallikni tiklaydi. Malina barglari quritilib maydalanadi. Bir piyola sovuq suvga bir osh qoshiq malina bargini solib aralashtiriladi va past olovda qaynash holiga keltiriladi. Aralashma termosga solinib 1 soat damlanadi va suzib olib oddiy choydek ichiladi.
Tinchlantiruvchi choy
Tinchlantiruvchi choyni tayyorlash uchun qoqi o‘t ildizi, pustirnik va limono‘tlardan 1 osh qoshiqdan aralashtiramiz. 1 osh qoshiq aralashmani bir piyola qaynoq suvga solamiz va 2—3 soat termosda damlab qo‘yamiz. Uyquga yotishdan 1—2 soat oldin ichamiz.
Manba: Daryo.uz