Bilasizmi?

Ayollar uchun eng xavfli bo‘lgan mamlakatlar e’lon qilindi

Thomson Reuters izlanishlar markazi 550 ekspertlar  ishtirokida dunyoda ayollar uchun eng xavfli bo‘lgan 10 ta mamlakat aksil reytingini tuzdi.

Ushbu qayg‘uli reytingda birinchi o‘rinni Hindiston egalladi. Bunga sabab - bu mamlakatda ayollar doimiy tayziq va qo‘rquv ostida yashashi, ularga nisbatan jinsiy va jismoniy tajovuzlar sodir etilishi, uy qulligi va voyaga yetmaganlarni turmushga berish kabi holatlarning ko‘plab uchrashidir.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Hindistonda oxirgi yillarda vaziyat yanada xavfliroq bo‘lib bormoqda.

Ikkinchi o‘rinda – Afg‘oniston. Ushbu mamlakatda eng katta muammo – ayollarga nisbatan jismoniy tajovuz holatlari keng tarqalgani va ayollar uchun iqtisodiy resurslar va sog‘liqni saqlash xizmatlarining cheklanganligidir.

Uchinchi o‘rinda Suriya. Bu yerda ham ayollar yetarli darajada  sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalana olmaydilar.

Somalida (4 o‘rin) – mahalliy urf-odatlarga ko‘ra, jamiyatda ayollarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishadi. Shuningdek ushbu mamlakatda ham ayollar  uchun iqtisodiy resurslar va sog‘liqni saqlash xizmatlari cheklangan.

Saudiya Arabistonida (5 o‘rin) – ushbu mamlakatda diniy va madaniy sabablar tufayli ayollar kuchli diskriminatsiya qilinadi.

Keyingi o‘rinlarda Pokiston, Kongo, Nigeriya va AQSh. AQSh ushbu ro‘yxatga kiritilishiga so‘ngii yil davomida Golivudda avj olgan mojarolar sabab bo‘ldi. MeToo jamoatchilik harakatiga ko‘ra, bir necha ayol aktrisalar ularga nisbatan amalga oshirilgan tajovuzlar haqida yoppasga e’lon qilgan edi.