Mioma- bachadon devoridagi zararsiz o‘sma bo‘lib, ayollarning deyarli yarmi o‘zida bu kasallik borligini hatto taxmin ham qilmaydi. Tibbiyotda miomaning paydo bo‘lish sabablari to‘liq aniqlanmagan bo‘lsada, ba’zi omillar keltiriladi: Nasliy bog‘liqliq Hayz siklidagi muammolar Moddalar almashinuvining buzilishi Tez-tez abort qildirish Bachadon shilliq qavati yallig‘lanishi Bachadondagi mioma va stress o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi xam tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan. BeLGILARI Mioma odatda alohida belgilarsiz kechadi. Ayrim hollarda esa ayol quyidagi belgilar orqali o‘zida mioma bor yo‘qligini tekshirishi mumkin: Hayz siklida ko‘p qon ketishi Og‘riq va qon ketishlar Sikl buzilishi Qorin pastidagi og‘riqlar Oyoqlar yoki belda jinsiy aloqa vaqtidagi og‘riq ham miomaga ishora bo‘lishi mumkin ASORATLARI Mioma bilan ko‘p yillar mobaynida yashagan ayol uni sezmasada u ko‘pgina noxush asoratlarga olib kelishi mumkin. Ko‘p qon ketishi oqibatida kamqonlik rivojlanadi Peshob qopining siqilishi natijasida tez-tez peshob ajralishi Ichaklar siqilishi natijasida qabziyat Semirish Reproduktiv tizimidagi o‘zgarishlar hisobiga bepushtlik, homila tushishi QANDAY ANIQLASh MUMKIN? Yagona ishonchli usul yilda bir marta bo‘lsada ginekolog qabuliga borishdir. U ultratovush tekshiruvi, kompyuter tomografiyasi yoki magnit rezonansli tomografiya yordamida aniqlashi mumkin. Shifokorlarning mioma uch to‘rt haftalik bo‘libdi deb tashhis qo‘yishi xuddi homiladorlik davridagi kabi hisoblanadi. Bunda shifokor homila hisobiga bachadon kattalashishi kabilarni nazarda tutadi. Mioma rivojlanishda faqat kuchayibgina qolmay balki aksincha susayishi ham kuzatiladi. Miomaning teskari rivojlanishi ya’ni gormonli dorilar ta’sirida tugunchalar kichrayishi va so‘rilib ketishi ham mumkin. Mioma klimaksdan so‘ng butunlay so‘rilib ketishi ham mumkin. ALBATTA BAChADON BILAN BIRGA OLIB TAShLANADIMI? Mioma tugunchasi bitta dona va o‘lchami kichik bo‘lgan hollarda uning faqat o‘zi olib tashlanadi. Mioma tugunchasini bachadon bilan birga olib tashlashga quyidagi holatlar sabab bo‘ladi: o‘sma bir nechta bo‘lsa Bachadon o‘lchami o‘ta yirik yoki diametri 15 santimetrdan katta bo‘lsa Bachadonning xavfli o‘smasi borligi gumon qilinganda bachadonga qo‘shib olib tashlanadi. Mioma ikki xil yo‘l bilan konservativ va jarrohlik aralashuvi bilan davolanadi. Konservativ davolashda dorilar vositasida amalga oshiriladi. Jarrohlik aralashuvi esa o‘smalar yiriklashishi, qon ketishi kabi holatlarda qo‘llaniladi.
Salomatlik