Ayol.uz

Ayollarning biznes olamidagi o‘rni, muvafaqqiyat tarixi

Ayollarning biznes olamidagi o‘rni va muvafaqqiyat tarixi

                                              

                                                       Biznes- hamma uchun!

Ayollar - hayotimizning go‘zal mo‘jizasi. Ular shaxsiy, oilaviy, qolaversa jamiyat hayotida ham ajralmas qismga aylandi. Zamonaviy dunyoda zamonaviy bilimlarni egallashda erkakalar faollik ko‘rsatgan bir paytda ayollar ham qolishmayapti. Ayollar deyarli hamma sohalarda faoliyat olib bormoqda, shunigdek biznesda ham. Shu o‘rinda quyidagi savollar paydo boladi: Xo‘sh, Qachon ayollar  biznesga kirib keldi? Qaysi yo‘nalishlarda ayollar biznes bilan shug‘ullanyapti? Qaysi davalatlarda ayollarni biznes bilan shug‘ullanishiga imkoniyatlari ko‘proq? O‘zbekistonda ayollarning biznesdagi faoliyat qay darajada?

Ayollarning biznesga kirib kelishi

O‘tgan davrlar davomida, Ayollar ish dunyosida o‘zining intellekti va kutilmagan muvaffaqiyati bilan o‘z mavqeini yaratdi.

Nihoyat, Ayollar 20- asrning boshidayoq  ayollar ish dunyosida haqiqiy o‘zgarishlarni qila boshladi.

1900 - yilning boshilarida , O‘z biznesizga ega Ayollar : Madam Valker, Koko Shanel, Olive Anna va Ma Perkins o‘zining brendlari bilan biznesini boshlangan.

II Jahon urushi davomida erkaklar urushga jalb qilinganda  ayollar mehnati ulushi 10% ga o‘sadi. Ayollar kiyim tikish va o‘simliklar o‘stirish bilan shug‘ullanadi. Bu davr uyda ishlash sharoitini yaratdi va urush tugagandan so‘ng ko‘pchik ayollar  savdo - sotiq bilan shug‘ullanib daromad olishni davom ettirdilar.

E’tiborga molik dastlabki Biznesladylardan biri Elizebetta Arden 1910- yilda  Amerika go‘zallik sanoatiga  asos soladi. Urushdan so‘ng uning imperiyasi gullab yashnadi va  dunyo bo‘ylab qizil eshikli go‘zalik salonlarini ochadi. To Hozirgacha Elizabetta Arden franchayzi biznes olamida saqlanib qolgan.

1960  va 1970 - yillar oralig‘ida  ayollar ham siyosiy va  ijtimoiy hayotda o‘zgarishlar bilan yuzlashdi. Ajrimlar sonining ortishi, yolg‘iz onalarning ishga bo‘lgan talabini oshirdi. O‘z ishini boshlashi bu masalaga yagona yechim bo‘lishini ko‘pchilik ayollar tushunib yetdi. Qonuniy ishlash yo‘li bilan ko‘plab ayollar kotiba, o‘qtuvchi va hamshiralar bo‘lishi ularni  katta biznes sferalarida izlanishga  undadi.

     Ayollar mukamallikka intilishga harakat qila boshladilar. Hatto ularning ko‘pchiligi o‘z kompaniyalarga asos soldi. Mary Kay Esh o‘zining davrida  o‘z biznesiga ega  eng muvaffaqiyatli xonimlaridan biri bo‘lgan. II jahon urushi davomida eshikma eshik yurib kitob sotadi. 1963 - yilda Stanley uyi mahsulotlari tashkilotdan nafaqaga chiqadi va o‘zining biznes planini yozadi. O‘sha yili yozda u o‘g‘illari yordamida Mary Kay go‘zalik kosmetika kompaniyasiga asos soladi. Go‘zallik sanoatiga    uning biznesi  yashindek kirib keldi.

        1973- yilda, Boy mablag‘ga ega 500 kompaniyalar orasida  Ketrin Grem  yagona yetakchi ayol lider bo‘lgan.  Yaxshi ta’lim olgan  ammo umuman biznes sohasida  bilimga ega bo‘lmagan va biroz jurnalistlik tajribasi bilan 1963 yilda Washington Post da muharrir bo‘lib o‘z faoliyatini boshlaydi. Keyingi 30 yillik davomida, uning hayotidagi eng qiyin davri bo‘lgan, u ko‘plab siyosiy, shaxsiy tahdidlarga duch keladi va  kuchli ta’sirga ega nashrlar bilan  oilaviy gazetasini yuritadi. Shu bilan birga, U Post Co ni  bir millard dollarlik biznesga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan.

1980 va 2000- yillar oralig‘ida yuzlab  ayollar dunyodagi eng yaxshi biznes asoschilariga aylandi. Maftunkor  Madonna  Forbes jurnali muqovasida   "Amerikaning eng aqlli ayol honimi" nomi va Stevart va Opra o‘zlarining biznes imperiyasi bilan yorqin biznesxonimlarga aylandi. Dunyo buyuk ishlarga qodir ayollarning cheksiz kuch quvvatini tan ola boshladi.

            1988- yilda Aqsh Kongress Ayollarning shaxsiy biznes Aktini imzoladi. Bu orqali ayollarning biznes hujjatlarida turmush o‘rtog‘ining imzosi talab qilinishi bandi va bankdan kridit olish notengligi olib tashlandi. Bundan tashqari o‘z bizneslariga ega ayollarning hukumat shartnomalariga hujjat topshira olish uchun imkoniyat berildi. Aktning qabul qilinishi ayollarning o‘z biznes faoliyatida keskin burilish yasab ish muhitida amerikalik ayol va erkaklar o‘rtasida tenglikni yaratishga xizmat qildi.

19-noyabr Xalqaro tadbirkor ayollar kuni global tashabbus bo‘lib, u butun dunyo bo‘ylab tadbirkor ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. 2014 yildan boshlab mazkur sana BMT boshchiligida butun dunyo bo‘ylab 19-noyabr kuni nishonlanadi.

21- asr haqiqiy zamonaviy biznes xonimlar asriga aylandi ammo haligacha jinsiy va ish haqqi miqdori bo‘yicha notenglik kabi muammolar mavjud. Shunga qaramasdan hozirgi kunda kuchli biznes va brand egalari sifatda Taylor Svift, Jennifer Lourens, Selena Gomez, Opra Vinfrey, Beyonse, Lusi Peng, Sofia Vergara va Sheryl Sendbreglarni  sanab o‘tishimiz mumkin. Hozirgi davr bizni yangi bilim sohalarini o‘rganishga, yaratishga va rivojlantirishga undamoqda.

Ayollarning biznes sohalarda yetakchiligi.

Ayollar erkaklarga qaraganda turli sektorlarda ,  asosan savdo- sotiq , xizmat ko‘rsatish, sog‘liq, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar sohasida biznes faoliyatini yuritib kelmoqda. Hisob kitobalarga ko‘ra ayollar yetakchilik qiladigan biznes sohalarida ishlaydigan ayollardan ko‘ra  erkaklar yetakchilik qiladigan biznes sohalarida ishlaydigan ayollar 66 %  ga ko‘ra ko‘proq foyda ko‘rgan.

2019- yil statistikasiga ko‘ra Qo‘llab-quvvatlash sharoitlari va rivojlanish

imkoniyatlaridan kelib  chiqqan holda, tadbirkor ayollar uchun eng yaxshi 10 davlatlar bozori:

Bu o‘rinda O‘zbekiston  ham ayollarni biznes sohasida qo‘llab quvvatlash ularga ko‘plab imkoniyatlarni berib kelayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. "Tadbirkor ayol " assotsiatsiyasi o‘z biznesini ochmoqchi va rivojlantirmoqchi bo‘lgan ayollarga ko‘plab loyihalarni tadbiq qilmoqda. Uyushma 1991-yilda tashkil  topgan. 2018 yil hisob kitoblariga ko‘ra 16 mingdan ortiq a’zosiga ega va mamlakat bo‘ylab 62 ta bo‘limga ega. 2017 yil ma’lumotlarga ko‘ra Assotsiatsiya safida 14 mingdan ziyod ishbilarmon ayolni birlashtirib, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashgan. 2016-yilda 24 mingdan ortiq xotin-qiz biznes bo‘yicha o‘qitilgan, 16 mingdan ziyod vaqtincha ishsiz ayol mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirilgan. Xotin-qizlar rahbarlik qilayotgan korxonalarga ajratilgan 1,6 trillion so‘mlik sarmoya evaziga 130 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu borada yangi bosqichni boshlab berdi.  Umid qilamizki o‘zbek tadbirkor ayollar o‘zlarizning yaratuvchanligi va faolligi bilan ko‘plab yangi tashabbus va bizneslarni amalga oshiradi.

 

 

 

Аёлларнинг бизнес оламидаги ўрни ва мувафаққияти