Salomatlik

​Bahor keldi, ozmasak bo‘lmas-ov...

1. Suratda ko‘rsatilgan holatga keling. To‘g‘ri, oson bo‘lmaydi. Lekin bu mashq yordamida bo‘ksa hajmini kichraytirish mumkin.

2. Tik turgancha oyoq uchiga teginishga harakat qiling. Mashq davomiyligi 6-8 marta.

3. Qo‘l mushaklarini chiniqtirish, teri tarangligini mustahkamlash uchun ushbu mashqning foydasi bisyor. 6 marta qo‘l mushaklarini tayangancha, gavdani pastga engashtirib, ko‘taring.

4. Tana og‘irligini oyoq va qo‘l mushaklariga yuklang. Navbat bilan bir qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, unga qarama-qarshi tarafdagi oyoqni ham harakatga keltiring. Davomiyligi 6 marta.

5. Yotgan holatda tizzani buking. Qorin tomonga cho‘zib, avval yuqoriga so‘ng ikki yon tarafga harakatlantiring.

6. Qorin mushaklari uchun press. Tizza bukilgan, gavdani xiyol ko‘tarib, qorin mushaklarini chiniqtirasiz. Mashqni 10 marta bajarishdan boshlang.

Manba: Darakchi.uz