Hamal
Barcha uchun birdek yaxshi bo‘lishning imkoni yo‘q. O‘zingizga to‘g‘ri bo‘lsangiz kifoya.
Sarv
Hayotingizni o‘zgartirishning eng yaxshi usuli — har kuni bitta fikrlaringizni yangilash va yaxshilashdir.
Javzo
Agar yaxshilik qilish uchun zarradekkina imkoniyat berilsa, albatta foydalaning. Aks holda afsuslanasiz.
Saraton
Qo‘limdan kelmaydi deyishni xayolingizga ham keltirmang. Siz uddalaysiz!
Asad
Atrofdagilar bilan yaxshi munosabatni saqlab qolishni istaysizmi? Unda yolg‘on gapirishlariga xaqalit qilmang.
Sunbula
Yashash — baxt. Faqat hamma ham buni sezishga qodir emas. Siz o‘sha ozchilik qatorida qoling.
Mezon
Aslida, yashash juda oson. Biroq o‘zimiz uni murakkablashtirishga ko‘p kuch sarflaymiz.
Aqrab
Yoningizdagi insonga ishonish mumkin yoki yo‘qligini tekshirishning eng yaxshi yo‘li — unga ishon!
Qavs
Maqsadingiz sari qanday tezlikda harakatlanayotganingiz muhim emas. Asosiysi siz to‘xtab qolmadingiz.
Jadiy Ba’zida yolg‘izlik bajarilmagan va’dalar va soxta muhabbatdan afzalroq...
Dalv
Ekkaningizni o‘rasiz. Shunday ekan ko‘gngilga ezgulik urug‘ini qadang.
Hut
Nechta imkoniyat eshigi yopilgani ahamiyatga ega emas. Oldinda siz uchun atalgan maxsus eshik bor!
Manba: Darakchi.uz