Madaniyat

​Bahorgi qo‘yosh nuridan yuzingizni asrang!

Dorixonalardan quyoshdan himoyalovchi kremlarning yuzingiz terisiga mosini tanlab, tarkibi ko‘rsatilgan yorlig‘ida SPF, UVA va UVB yozuvlari bo‘lishiga diqqat qiling. SPF tarkibli kremlar quyosh nuri ta’sirini sindirish xususiyatiga ega bo‘lsa, UVA va UVB tarkibli kremlar oftob nuri ta’sirida yuzga dog‘ tushishidan himoyalaydi. Krem surtishdan avval kerakli tavsiyalar bilan tanishing:

  • Bahor mavsumi uchun quyoshdan himoyalovchi kremlarning 8, 10, 15, 20 va 25 foizlilari tavsiya etiladi.
  • Yuzingiz terisi quruq bo‘lsa, avval namlantiruvchi kremni, uning ustidan quyoshdan himoyalovchi kremni surting. Sababi SPF kremlar tarkibida terini oqartiruvchi birikmalar bo‘lib, yuz terisini quritadi.
  • Yuzingiz terisi yog‘li bo‘lsa, quyoshdan saqlovchi kremning o‘zini surtib, so‘ng upa yoki tonal kremdan foydalanishingiz mumkin.
  • Quyoshdan himoyalovchi kremlarni kuniga 2-3 martagacha surtish kerak. Har bir surtish jarayonida avvalgisi iliq suvda chayilib, yuz terisi tozalanadi va qaytadan krem surtiladi.
  • Bahor mavsumida kunduzi (ertalab) namlantiruvchi, kechqurun (kechki soat sakkizdan o‘ngacha) oziqlantiruvchi tarkibli kremlardan foydalanish kerak.
  • Qizib turgan yuzga qatiq, suzma kabi mahsulotlarni surtmang. Sababi sut-qatiq mahsulotlari tarkibidagi nordon kislotalar ayrim vaqtlarda terini zararlantirishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz