Oshxona

Bahoriy pirog - vitaminga boy ko‘katlardan...

Zarur masalliqlar (4 kishilik): 600 gr. qatlama xamir, 500 gr. tvorog, 150 ml. yog‘li qaymoq, 3 bog‘dan ismaloq va yalpiz, 1 bog‘ petrushka, yarim bog‘ shivit, 3 dona tuxum, tuz, murch, maydalangan yong‘oq.

Tayyorlanishi: 1. Barcha ko‘katlarni maydalab to‘g‘rang.

2. Tvorogni elakdan o‘tkazib, maydalangan ko‘katlar bilan aralashtiring.

3. Qatlama xamirni aylana shakldagi qolipga solib, chetlarini ko‘tarib chiqing. O‘rtasiga ko‘katli tvorogni joylang.

4. Tuxumni qaymoq bilan ko‘pirtiring. Tuz, murch va maydalangan yong‘oqni qo‘shib, ko‘katli tvorog ustidan soling.

5. Pirogni 220 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo‘ying. Pishgach, 10 daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

Manba: Darakchi.uz