Zarur masalliqlar: 200 ml. smetana, 1 bog‘dan ismaloq, rediska va ko‘kpiyoz, 3 dona tuxum, 3 ta bodring, salat bargi, shivit, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Ko‘kpiyoz va shivitni maydalab to‘g‘rang. Ismaloqni yuvib, maydalangan ko‘katlar bilan aralashtiring.
2. Bodring va rediskani yarim oy shaklida to‘g‘rang.
3. Piyozni avval halqa shaklida to‘g‘rab, so‘ng to‘rtga bo‘ling.
4. Smetanaga tuz va murch qo‘shing.
5. Barcha masalliqlarni aralashtirib, smetana qo‘shing. Qaynatilgan tuxumni ham yarim oy shaklida to‘g‘rab, salat bilan birga dasturxonga torting.
10 daqiqa
2 kishilik
Manba: Darakchi.uz