Zarur masalliqlar: 800-900 gr. baliq go‘shti, bitta piyoz, bir dona tuxum, 2 osh qoshiq un, yarim bog‘dan shivit va kashnich, 1 osh qoshiq sariyog‘, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Baliq go‘shtini bo‘laklab, pichoq bilan qiymalang. Tovaga sariyog‘ solib, mayda to‘g‘ralgan piyozni qizargunicha qovuring. So‘ng piyozni baliq qiymasiga qo‘shing.
2. Baliq qiymasiga tuxum va un qo‘shib, aralashtiring. Tuz va murchni qo‘shib, ta’mini rostlang. Hosil bo‘lgan aralashmadan o‘rtacha qalinlikdagi rulet shaklini yasab, unga botirib oling.
3. Qiymali ruletni 2-3 qavatli dokaga o‘rang va atrofini ip bilan bog‘lab, mustaHkamlang. So‘ng ko‘katlar va tuz qo‘shilgan qaynoq suvga solib, o‘rtacha olovda yarim soat qaynating.
4. Taom tayyor bo‘lgach, suvdan olib, sovugunicha dokadan ajratmang. Unga qadar sous tayyorlab oling. Buning uchun sariyog‘ solingan tovada piyozni qovurib, ustidan ko‘kat soling. So‘ng 2-3 osh qoshiq smetana qo‘shib, aralashtiring-da, olovdan oling.
5. Baliq “Hasip”ni dokadan ajratib, Halqa shaklida kesing-da, likopchalarga soling. Ustidan sous quyib, dasturxonga tortish mumkin.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.
Manba: Darakchi.uz