Kerakli mahsulotlar:
7 8 yupqa quymoqlar
200 g ko‘kat qo‘shilgan tvorogli quymoqlar
200 g tuzi kam syomga yoki boshqa baliq turi
2 dona yangi uzilgan bodring
Tayyorlanishi:
Quymoqlarni o‘zingiz yoqtirgan resept bo‘yicha tayyorlang. Men ularni sut bilan tayyorladim (lekin xuddi original resept bo‘yicha vanilli shakar ishlatmadim). Bodringni po‘sti archilib, somoncha shaklida to‘g‘raladi. Quymoqlar tvorogli pishloq yupqa qilib surtiladi. Bodring va s’yomka bo‘laklari solinadi. Quymoqlar o‘raladi. Bunday tarzda barcha quymoqlar tayyorlab chiqiladi. Dasturxonga tortishda quymoqlar bo‘laklarga bo‘linadi.
Xurshida Xonim