Bilasizmi?

"Baqlajon buyrakka ziyonmi?"

— Chap buyragimda tuz va ozroq qum yig‘ilgani aniqlanganidan so‘ng davolandim. Hozir ham onda-sonda bezovta qilib turadi. Yaqinda bir tanishim “buyrak kasalliklarida baqlajon iste’mol qilish mumkin emas”, deb qoldi. Chindan ham shundaymi? Buyrak uchun qaysi mahsulotlar foydali hisoblanadi?

Sherali Akromov, Toshkent viloyati

Nodira HAMROYeVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Buyragingizda tuz yig‘ilgani aniqlangan bo‘lsa, uning tarkibini ham bilish zarur. Tuzlar fosfat, oksalat, urat kabi turlarga bo‘linadi va har birining o‘z taomnomasi bor. Baqlajonga kelsak, iste’mol qilishingiz mumkin, ammo me’yorida. Asosan achchiq, sho‘r, tuzlangan va dudlangan mahsulotlarni cheklang. Kun davomida ko‘proq suyuqlik iching. Suv buyrakni tozalaydi.

Manba: Darakchi.uz