Oshxona

Baqlajon va brinzali salat tayyorlaymiz

Zarur masalliqlar: 1-2 ta baqlajon, bitta piyoz, yarim bog‘ ko‘k piyoz va shuncha miqdorda kashnich, 2-3 ta yashil hamda qizil bulg‘or qalampiri, bitta bodring, 2-3 ta pomidor, 200 gr. yog‘siz brinza, 100 gr. o‘simlik yog‘i, 1 choy qoshiq sirka, tuz.

Tayyorlash: 1). Baqlajonlarni halqa qilib to‘g‘ragach, bir osh qoshiq tuz bilan aralashtiring-da, yarim soatga qoldiring. So‘ng sovuq suvda yengil chayib, kesilgan halqalarni o‘rtasidan ikkiga bo‘lib, o‘simlik yog‘i solingan tovada qizartirib oling.

2). Bulg‘or qalampirini katta bo‘laklarga bo‘lib, 15 daqiqa gaz pechida pishiring. Bodring-pomidorni esa yarim halqa shaklida kesing.

3). Piyozni halqa qilib kesgach, sovuq suvda chayib oling. So‘ng ko‘k piyoz va kashnichni katta qilib to‘g‘rang.

4). To‘g‘ralgan sabzavotlarni o‘simlik yog‘i, tuz va murch bilan aralashtirib, salat likopchasiga soling va ustini to‘rtburchak to‘g‘ralgan brinza bilan bezating.

Tayyorlash vaqti: 40 daqiqa.

Manba: Darakchi.uz