Oshxona

Baqlajondan "syurpriz" - yangicha do‘lmadan totib ko‘ring

Zarur masalliqlar: 2 dona dumaloq baqlajon, 300 gr. mol go‘shti qiymasi, 100 gr. pishloq, 1 bosh piyoz, yarim bog‘ petrushka, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing-da go‘sht qiymasiga qo‘shib, tuz solib aralashtiring.

2. Baqlajonning o‘rtasini o‘yib olib, maydalab to‘g‘rab, qiymaga qo‘shing.

3. Butun baqlajonlar ichiga qiymadan soling. Istasangiz qiymani biroz qovurib solsangiz ham bo‘ladi.

4. Pishloqni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazib, qiymaning ustidan soling. Gaz patnisini yog‘lab, baqlajonlarni tering-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo‘ying. Dasturxonga ko‘katlar bilan bezatib torting.

2 kishilik

1 soat

Manba: Darakchi.uz