Ba’zi odatlar odamning erta keksayishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Kam uxlash
Me’yoridan kam uxlash terida barvaqt qarish belgilari paydo bo‘lishiga va muhitning zararli ta’sirini qayta tiklash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Shirinlikni ko‘p yeyish
Shirinlikni me’yoridan ko‘p iste’mol qilish – umrni qisqartiruvchi eng zararli odatlardan biri hisoblanadi.
Quyoshda ko‘p yurish
Yoshlikni saqlab qolishni xohlaysizmi? Quyoshli paytlarda SPF-15 kremidan foydalaning, quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqing, shlyapa kiying.
Terini skrablash
Skrab yoki terini tozalashning boshqa usullarini suiiste’mol qilish terining barvaqt qarishining tezlashuviga olib keladi. Ayniqsa ayollar uchun terini qo‘pol ravishda tozalash – qarilikni tezlashtiruvchi yo‘l hisoblanadi.
Kam harakatlanish
Muntazam ravishda kam harakatlanish – yurak-tomir, saraton, diabet kasalliklarining kelib chiqish xavfini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz