Zarur masalliqlar: 500-600 gr un, 500 gr. qand upasi, 6 dona tuxum, 8 osh qoshiq asal, 2 osh qoshiq kakao, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi, yarim choy qoshiq dolchin; glazur uchun: 2 dona tuxum oqi, 5-6 osh qoshiq qand upasi,1 choy qoshiqdan kraxmal va limon sharbati.
Tayyorlanishi: 1. Asalni olovda eriting. Alohida idishda tuxumni atalab, asal, qand upasi, soda, dolchin va kakaoni qo‘shib, aralashtiring.
2. Aralashmaga oz-ozdan un solib, xamir tayyorlang. Tayyor xamirni sellofanga o‘rab, 1 soatga muzlatkichga qo‘ying.
3. Xamirni o‘rtacha qalinlikda yoyib, turli shakllarda (archa, qorbobo, o‘yinchoqlar) kesib chiqing. So‘ngra pishiriq qog‘ozi solingan patnisga terib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo‘ying.
4. Tuxum oqini ko‘pirtirib, kraxmal qo‘shing. Limon sharbati va qand upasi solib, ko‘pirtirishda davom eting.
5. Pryaniklar tayyor bo‘lgach, glazur bilan bezatasiz.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 15 daqiqa
10 kishilik
Manba: Darakchi.uz