Oshxona

Bayram taomi: "mazali tabrik"

Zarur masalliqlar: 2 ta butun baliq go‘shti (skumbriya yoki sudak balig‘i), 2 osh qoshiq xantal, 1-2 dona pomidor, 2 bosh piyoz, bitta bulg‘or qalampiri, baliq go‘shti uchun ziravorlar, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Baliq go‘shtini tozalab yuving va qog‘oz sochiqcha bilan quriting.

2. Pomidor, bulg‘or qalampiri va piyozni yarim halqa shaklida to‘g‘rang.

3. Baliq go‘shtiga tuz, murch va xantaldan surting. So‘ngra ichiga sabzavotlarni soling. Pishiriq qog‘ozi solingan qolipga qo‘ygach, ustiga ham sabzavot bo‘laklaridan qo‘yib ziravorlardan seping.

4. Bitta baliq go‘shtini alohida pishiriq qog‘oziga o‘ragach, zar qog‘oz bilan ham o‘rang. Baliq go‘shti 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi.

1 soat

4 kishilik

Manba: Darakchi.uz