Oshxona

Bayramona rulet

Bir kun oldin tayyorab qo‘ysangiz ham bo‘ladi!

Zarur masalliqlar: 750 gr. mol go‘shti qiymasi, 150 gr. olxo‘ri qoqi, 60 gr. yong‘oq mag‘zi, 2 bosh piyoz, 2 dona tuxum, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, bitta olma, 1 osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali, rozmarin, timian, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni maydalab to‘g‘rab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuring. Olovdan olishdan avval maydalangan sarimsoqpiyozni qo‘shing.

2. Olxo‘ri qoqini qaynoq suvda iviting. So‘ngra maydalab to‘g‘rang.

3. Go‘sht qiymasiga piyoz, rozmarin, timian, tuz, murch, kraxmal va tuxumni qo‘shing. Faqat bitta tuxum sarig‘ini olib qo‘yishni unutmang.

4. Yashil olmaning yarmini mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib, qiymaga qo‘shing.

5. Pishiriq qog‘ozini gaz patnisiga yoyib, o‘simlik yog‘idan surting. Keyin qiymani solib, 1,5 sm. qalinlikda yoying.

6. Ustiga olxo‘ri qoqi va yong‘oq mag‘zini solib, rulet shaklida o‘rang. Endi toblama qolipiga solib, ustini oching. 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo‘ying.

7. Olmani maydalab to‘g‘rab, ozgina suv soling-da, olovga qo‘ying. Dimlab pishirib oling. Keyin ezib, biroz sovigach, tuxum sarig‘ini qo‘shing. Aralashmani rulet yuziga surtib, olov haroratini 180 darajaga tushiring-da, 30 daqiqa gaz pechida qoldiring. Pishiriq qog‘ozini olib tashlasangiz ham bo‘ladi. Ruletni bir kun oldin tayyorab, muzlatkichda saqlash mumkin.

1 soatu 25 daqiqa

6 kishilik

Manba: Darakchi.uz