• Sarig‘i juda foydali bo‘lib, melatonin moddasi teri hujayralarini yoshartiradi, litsitin esa parvarishlaydi, yumshatadi, himoyalovchi funksiyasini tiklaydi, namlantiradi. Va barcha turdagi yuz terilariga mos.
• Oqi yuz terisi rangini yaxshilab, taranglashtiradi, quritadi. Yog‘li yaltirash va mayda ajinlarni ketkazadi. Mayda teshikchalarni tozalaydi. Yuz terisi yog‘li bo‘lganlar uchun munosib tanlov.
• 3 dona bedana tuxumining oqini 2 osh qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan bodring bilan aralashtiring. Dokannig ustiga tekis qilib surtib, keyin yuzingizga aralashmali tomoni bilan qo‘ying. Ko‘z va uning atrofi ochiq qolsin. 20 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving. Bu niqob yuz terisini tozalaydi.
• Agar yuz teringiz quruq yoki normal bo‘lsa, 3 ta bedana tuxumiga 1 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq suli yormasini solib, yaxshilab aralashtiring. So‘ngra niqobdan yuzingizga surting. 15-20 daqiqa o‘tgach, issiqroq suv bilan yuving.
• 1 dona bedana tuxumi oqini ko‘pirtirib, yuzingizga surting. Niqob qotgach, yana bir bor takrorlang. 15-20 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving. Bu vosita yog‘li yuz terisi uchun ayni muddao.
• Sovuq kunlarda yuzingiz terisi quruqlashib ketsa, 1 dona bedana tuxumi sarig‘iga 2 choy qoshiq zaytun yog‘i qo‘shing. Niqobni yuzingizga tekis qilib surtib, 15 daqiqadan so‘ng issiqroq suv bilan yuving.
• 1 ta bedana tuxumi sarig‘iga 1 choy qoshiq asal qo‘shib, yuzingizga surting. 10-15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving. Ushbu aralashma yuz terisini parvarishlaydi.
• Quruq va normal yuz terisi uchun 1 dona bedana tuxumini 1 osh qoshiq yog‘li tvorog bilan aralashtirib, surting. 15 daqiqa o‘tgach, issiqroq suvda chaying.
• Quruq yuz terisini namlantirish uchun 1 ta bedana tuxumi sarig‘iga 2-3 osh qoshiq issiq sut qo‘shib, aralashtiring. Biroz sovutib, yuzingizga surting. 15-20 daqiqa o‘tgach, xona haroratidagi suv bilan yuving.
• Qora nuqtalarni yo‘qotish uchun 1 ta bedana tuxumi oqiga 1 choy qoshiq limon sharbati soling. Teriga 3 qavat qilib surtib, 10 daqiqadan so‘ng sovuqroq suv bilan yuving.
Manba: Darakchi.uz