Bilasizmi?

BeDANANI TUXUMI TOVUQNIKIDAN FOYDALIROQMI?

Bedana tuxumiga xos bulgan foydali jihatlar xaqida qadimgi misr papiruslarida ham yozib qoldirilgan. Darvoqe, bolalaringiz tovuq tuxumini yomon ko‘rishsa, ularga bedana tuxumi berib ko‘ring, u qanchalar xursand bo‘lishini ko‘rasiz. Bedana tuxumi iste’mol qilganda bolalar organizmi kalstiy bilan ta’minlanadi. Bu tuxumlardagi foydali moddalar tovuq tuxuminikiga qaraganda bir necha barobar ko‘proqdir. Masalan, bitta tovuq tuxumiga teng bedana tuxumlarini oladigan bulsak, ulardagi B1 va B2 vitaminlari 2 barobar, temir moddasi-4 marta, kaliy-5marta ko‘proqdir. Bundan tashqari, ularda A vitamini, mis, nikotin kislotasi, fosfor va aminakislotalar juda ko‘pdir. U diatez chaqirmagani bois, shifokorlar sun’iy ovqatlantiriladigan chaqaloqlarga ham berishni tavsiya etishadi. Bedana tuxumlarida inson organizmiga kerakli moddalarning biologik yig‘ilmasi mavjud. polza-yaic Bedana tuxumi immunitetni kuchaytirib, oshqozon-ichak tizimi va yurak-qon tomiri tizimi ish faoliyatini me’yorlashtiriladi. Yapon olimlari bedana tuxumlari inson organizmidagi radionuklidlarni chiqarishini isbotlashgan. Bundan tashqari, u bolalarning aqliy qobiliyatiga ham ijobiy ta’sir etadi. Homilador ayollarga ham bedana tuhumlari tavsiya etiladi. Foydali tomonlari ko‘p bo‘lsada, uni bolalarga albatta yaxshi pishirilgan holda taqdim eting. perepelinye-jajca