Nonushtaga o‘tiribman, deb tasavvur qiling. O‘zingizni binoyiday his etyapsiz, ammo kutilmaganda eringiz, tuxumni yaxshi pishirmabsan, deb sizni tanqid qila ketadi: "Sen juda yaxshi bilasan, men faqat qotirib pishirilganini yaxshi ko‘raman. Sen esa qiyomiga yetkazmay qovurasan, balki mening qonimni qaynatib, asabimga tegish uchun jo‘rttaga shunday qilayotgandirsan?" Siz darhol jangovar tayyorgarlik bilan tashlanib qolasiz: "Ha, men tuxumni oxirigacha pishirmadim. Chunki siz kecha uyga juda kech keldingiz".
Hissiyot dvigateli jangovar mashinani harakatga keltiradi. Natijada siz oilaviy muhitda isyondan xoli bo‘lmagan nonushtadan boshqa barchasiga istaganingizcha ega bo‘lasiz. Mazkur vaziyatda o‘zingizni boshqacha tutishingiz mumkinmidi? Bo‘lmasam-chi! Hammasi o‘z qo‘lingizda! Yondashuvlardan biri sifatida men erning so‘zlarini o‘rtacha ohangda yetkazmoqchiman. Toki uning noroziligini his eting, ammo o‘zingizni himoya qilish maqsadida qarshi hamlaga o‘tmang.
Yana bir javobni havola etaman: "Sizga nima bo‘ldi, tuxumni yaxshi qovurmaganimdan shunchalik achchiqlanyapsizmi?" Eringizning iddaosi yanada tajovuzkor bo‘ladi: "Ha! Sen, hatto shuni ham eplay olmaysan!" Vaholanki, oila bekasi oshirib yubormasligi kerak. Vazmin turib, xotirjam va osoyishta ohangda: "Kechirasiz, menga ham yoqmay turibdi. Ehtimol, ko‘proq qovurishim kerak bo‘lgandir", desa kifoya. Er xotinining vazminligi va muqobil qarorlar qabul qilishi oldida "qurol-yarog‘ini tashlab", taslim bo‘ladi. Ishonavering, katta janjal bartaraf etiladi.
Manba: Beka.Uz