Oshxona

Bir daqiqada tayyor bo‘ladigan pitssa

Pitssa shinavandalari uchun ajoyib yangilik — quyida taklif etilayotgan retsept asosida siz o‘zingiz oddiy tova yordamida pitssa pishirishingiz mumkin!

Buning uchun bizga quyidagi masalliqlar kerak bo‘ladi:

  • 9 osh qoshiq un;
  • 4 osh qoshiq smetana yoki kefir;
  • 4 osh qoshiq mayonez;
  • 2 ta tuxum;
  • sirka tomchisi o‘ldirilgan 1 chimdim soda;
  • pishloq;
  • ta’bga ko‘ra, ichiga har narsa solish mumkin.

Qanday tayyorlanadi?

Avval mayonez va kefir/smetana, un va tuxumlarni aralashtirib, sodani qo‘shib, suyuq xamir tayyorlab olamiz. So‘ng xamirni yog‘ surtilgan tovaga solamiz.

Pitssaning ichiga solish uchun mo‘ljallangan masalliqlarni maydalab to‘g‘rab, uni xamir ustiga qo‘yib chiqamiz, ustidan qirg‘ichdan o‘ktazilgan pishloqni sepamiz.

Tova ustini yopib, 15 daqiqa pishirsak, bas — mazali pitssa tayyor!

Manba: Daryo.uz