Angliyaning sog‘liqni saqlash milliy xizmati kuniga 6-8 stakan suv ichishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda Kun.uz yozmoqda. Bu miqdor taxminan 1,5-2 litr suvga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar bu qoidaga amal qilinmasa, unda salbiy oqibatlar sog‘liqqa tezda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ta’kidlanishicha, bo‘yi baland va baquvvat odamlar ko‘proq suyuqlik ichishlari kerak.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunda faqat suv ichish shartmas. Yog‘sizlantirilgan sut va shakari bo‘lmagan ichimliklar, choy, qahva ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Shu bilan birga mutaxassislar sharbatdan kuniga 150 ml dan ko‘p ichmaslikni tavsiya qilishmoqda.