Kerakli masalliqlar:
1. Un - 400 gr. 2. Shakar - 250 gr. 3. Qatiq yoki smetana - 150 gr. 4. Tuxum - 2 dona 5. Margarin - 125 gr. 6. Qavartma (Razrixlitel) - 1 pachka 7. Shakar upasi - 100 gr.
Tayyorlanishi:
Tovada margarin eritib olinib, sovutilib, idishga solinadi va ustiga tuxum, shakar va qatiq solib, aralashtiriladi. Alohida idishda un va qavartmani aralashtirib, birinchi masalliqqa qo‘shiladi. Bir xir qorishma hosil bo‘lgunga qadar tinimsiz ravishda tez-tez aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan suyuq xamir yog‘langan qolipga solinib, qoshiqda tekislanadi va duxovka pechida 30 daqiqa davomida pishiriladi.
Pishgan shirinlik biroz sovutilib, ustiga shakar upasi sepiladi va rombik qilib kesilgan holda dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Beka.Uz