Kuz-qish mavsumi kelishi bilan ko‘pchiligimiz sochlarning statik elektrlanishi va qayrilmaslik muammolariga duch kelamiz.
Sochlar nima uchun elektrlanadi?
Kuz va qish fasllarida sochlarning holatiga nafaqat sovuq havo, balki konditsionerlar va isitgichlarning issiq havosi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunga qavat-qavat kiyimlar, oson elektrlanadigan sun’iy tolali shapkalar va sharflar ham qo‘shiladi.
Natijada sochlarda havo almashishi buziladi, sebum esa soch tolalari orasida bir tekisda tarqalmaydi: sochlar elektrlana boshlaydi, quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi. Tabiiyki, bunday sochlar turmaklashda qayrilmaydi va to‘zg‘ib ketadi.
Intensiv parvarishlash
Sochlarning sog‘lom ko‘rinishini tiklashda shampunlar, balzamlar va yog‘li, asalli, mangoli va aloeli niqoblar yordam beradi. Bunday vositalar sochlarni sifatli tarzda namlaydi va ularni mayinlashtiradi.
Parvarish qilish jarayoni ham juda muhim. Sochlarni issiq suvda yuvmang: u sochlardagi namlikni tortib oladi. Balzam va konditsionerlarni sochlarda odatdagidan uzoqroq ushlab turing.
Beauty-routine
Agar siz sochlaringizni har kuni yuvishga o‘rgangan bo‘lsangiz, bu odatingizni o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Sovuq paytlarda tez-tez bosh yuvish sochlarni haddan tashqari quritib yuboradi, shuning uchun ular to‘zg‘ib ketadi.
Sochlaringizni hech bo‘lmasa kunora yuving. Bunday rejimda soch tolalari buzilishga ulgurmaydi, shu bilan birgalikda tashqi muhitning zararli ta’siridan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan sebumni ko‘p miqdorda yo‘qotmaydi.
Yuvib bo‘lmaydigan parvarishlash
Sochlarni maxsus yuvib bo‘lmaydigan usulda parvarishlash ularga qo‘shimcha himoya bag‘ishlaydi. Qulay qilib ishlangan purkagich shaklidagi balzamlar sochlarni kerakli moddalar bilan ta’minlash bilan birga tangachalarini tekislaydi ham. Odatdagi turmaklashdan oldin ularni ho‘l sochlarga suring.
Manba: Daryo.uz