Zarur masalliqlar: 250 g sariyog‘, 3,5 st un, 1 st suyuq qaymoq, 20 g achitqi, 0,5 l sut, 100 g shokolad, 3 ta tuxum sarig‘i, 150 g shakar, bir chimdim tuz.
Tayyorlanishi: 1. Achitqini suyuq qaymoq bilan aralashtirasiz. Unga sariyog‘ va bir chimdim tuz solib, qo‘lga yopishmaydigan xamir qorasiz va yelim xaltaga o‘rab yarim soatga muzlatgichga qo‘yasiz.
2. Kremini tayyorlash uchun shokoladlarni bo‘laklarga bo‘lib olasiz. Sutni past olovda isitib shokolad bilan aralashtirasiz.
3. Shakarni tuxum sarig‘i bilan ko‘pirtirib unga un solasiz. Agar sal quyuqlashgan bo‘lsa biroz sut qo‘shib yuborishingiz mumkin. Asta-sekinlik bilan kavlab turgan holda shokoladli aralashmaga solasiz. So‘ng quyuqlashgunga qadar aralashtirib turishingiz lozim. Va sovitish uchun salqin joyga olib qo‘ying.
4. Xamirni ikki bo‘lakka bo‘lib oling. Maxsus qog‘ozni qolipiga moslab kesib olib o‘shani ustida un sepib 2-3 mm qalinlikda xamir yoyiladi. Ortiqchasini kesib tashlab, sanchqi bilan har joy-har joyidan sanchib chiqasiz. 200S daraja qizigan gaz pechida 8-10 daqiqa davomida pishirasiz. Ikkinchi xamirni ham shu tariqa pishiriladi.
5. Tayyor bo‘lgan korjni yana ikkiga bo‘lib qat-qat qilib taxlaysiz. Har bir qavat o‘rtasiga krem surtasiz. Ustiga shokoladli glazur quyib maydalangan bodom bilan bezatasiz.
Manba: Darakchi.uz