Yangi kartoshkani eskicha usulda – gulxanda tayyorlashdan tashqari uni duxovkada ham pishirish mumkin. Maqolamizda uni qanday pishirish to‘g‘risida o‘qiysiz.
Navi
Duxovkada pishirish uchun kartoshkaning tarkibida kraxmali ko‘p bo‘lgan navlari juda mos keladi. Kraxmalli kartoshkalar etining oson uvalanishi va tarkibida nam kamligi bilan ajralib turadi.
Pishirish usuli
Mikroto‘lqinli pechda kartoshka tez va oson tayyor bo‘ladi, lekin uning mazasi an’anaviy usulda duxovkada pishirilgan kartoshka mazasiga teng bo‘la olmaydi. Duxovkada pishish jarayonida kartoshka yumshoq, kremsimon va tillarang bo‘lib pishadi.
Bir tekisda pishirish
Kartoshkani pishirishdan oldin tuz sepilgan idishga joylashtirilsa, bir tekisda pishib chiqadi.
Tayyor bo‘lish darajasi
Kartoshkani bu usulda pishirish biroz tajriba va mohirlik talab qiladi. Birinchidan, duxovkani oldindan 180 darajagacha qizdirish kerak. Ikkinchidan, kartoshkani sanchqi bilan teshish, yog‘ surish va tuzini rostlash kerak. Tayyor bo‘lganini sanchqidan foydalanib bilish mumkin: agar kartoshkaning ichi yumshoq va quruq bo‘lsa, uni olish vaqti kelganini bildiradi.
Masalliq
Kartoshka biroz sovigandan keyin uni kesing va oldindan tayyorlangan masalliq bilan to‘ldiring. Bu masalliq saryog‘ bo‘lakchasi yoki bir qoshiq qaymoq yoki qirg‘ichda qirilgan pishloq, bekon va ko‘katlar aralashmasi bo‘lishi mumkin. Masalliq va kartoshka harorati bir xil bo‘lishi kerak.
Manba: Daryo.uz