Bugungi kunda erta qarish ayollarning eng katta qo‘rquvlaridan biriga aylangan. Quyoshdan ko‘p ta’sirlanish va atrof-muhitning ifloslanganligi teriga salbiy ta’sir qilishi va turli dog‘lar, ajinlar kabi erta qarishning belgilarini keltirib chiqarishi isbotlangan.
Shuning uchun yuz terisini parvarish qilish bilan birga bo‘yin sohasi va qo‘llarga ham e’tibor qaratish va ularni parvarish qilish uchun vaqt ajratish muhim hisoblanadi. Tananing bu qismlaridagi teri juda mayin bo‘lib, zarur oziqlantiruvchi moddalarni olmagan taqdirda osonlik bilan o‘z tarangligini yo‘qotadi.
Quyida tananing ushbu sohalari erta qarishiga qarshi kurashishda qo‘l keluvchi tabiiy vositalarni keltirib o‘tamiz:
- Sut va asalli vosita
Sut ham, asal ham g‘aroyib xususiyatlarga ega bo‘lib, qadimdan teri parvarishi uchun qo‘llanilgan. Sut teridagi o‘lik hujayralar va qora dog‘larning yo‘qolishini osonlashtirib, uni chuqur tozalaydi. Asal esa terini tabiiy namlantirish va uning qayta tiklanish xususiyatini oshiruvchi ajoyib tarkibga ega.
Niqob uchun bizga:
- 1 choy qoshiq shakar (5 gramm);
- 0,5 stakan sut (125 ml);
- 2 osh qoshiq asal (50 gramm) kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi:
- sut bilan shakarni aralashtiring va cho‘tka yordamida bo‘yin, ko‘krak va qo‘l terisiga suring.
- uni 20 daqiqaga qoldirib, bu vaqt davomida asalni yupqa qilib suring, yana 20 daqiqa kutib, keyin iliq suvda yuvib tashlang.
- bu jarayonni haftada bir yoki ikki marta takrorlang.
- Zaytun yog‘i asosidagi vosita
Zaytun yog‘ining antioksidantlik xususiyati undagi tengsiz yog‘ kislotalari bilan birgalikda terining qarish alomatlariga qarshi ajoyib vosita hisoblanadi. U erkin radikallarning teriga ta’sirini to‘xtatib, uni namlantiradi va elastikligini oshiradi.
Kerak bo‘ladi:
- yarim stakan zaytun yog‘i (125 ml);
- bir osh qoshiq shakar (10 gramm).
Tayyorlanishi:
- Siz toza zaytun yog‘ining o‘zidan foydalanishingiz mumkin ekanligiga qaramasdan, bu holatda biz sizga uni shakar bilan aralashtirishni tavsiya etamiz. Bu piling kuchini beradi.
- Hosil bo‘lgan aralashmani aylana shaklda mayin massaj yo‘li bilan bo‘yin va ko‘krak sohasiga suring, qo‘llar terisiga esa keragidan ortiqroq suring.
- 30 daqiqadan so‘ng barchasini sovuq suv bilan chayib tashlang.
Maqolani tayyorlashda Econet sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.