Jenevada yuqori texnologiya asosida ishlab chiqarilgan soatlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi, deb habar bermoqda Lenta.ru. Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan mazkur ko‘rgazmada dunyoning bir qator mashhur brendlari ostida ishlab chiqariladigan soatlar namoyish etildi. Joriy yilda ham Sartiyer kompaniyasi kvarts mexanizmida ishlaydigan Hypnose deb nomlanuvchi ayollar soatini namoyish etdi. Tim qora rangli ushbu soatning ustki qismi olmos toshlar bilan bezatilgan bo‘lib, tasmasi tabiiy timsoh terisidan ishlangan. 1991 yildan buyon davom etib kelayotgan yuqori texnologiyali soatlar xalqaro ko‘rgazmasida ilk bor beshta mashhur kompaniyalar ishtirok etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, dunyoning 15 ta eng mashhur soat ishlab chiqaruvchi brend firmalar ishtirok etmoqdalar. Bu yerga tashrif buyurgan ishtirokchi va tashrif buyuruvchilar soat ishlab chiqarish sanoatidagi eng zamonaviy loyihalar hamda yangiliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. *** Tayvanning Buday shahrida ayollar tuflisi shaklidagi ajoyib shaffof oynavand ibodatxona qurib bitkazildi. Bu haqida BBS xabar tarqatgan. Disney mulfilmi qahramoni Zolushkaning billur tuflisini eslatuvchi mazkur inshootning qurilish ishlariga 686 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘sarflandi. Binoning ustki qismi esa 320 dona moviy rang shaffof oynalardan tashkil topgan. Hudud rasmiylarining ta’kidlashicha, bunday hashamatli va g‘aroyib bino tabiiyki, ayollarni ham o‘ziga jalb qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 8 fevralida ochilishi kutilayotgan ushbu binoda faqatgina rasmiy tadbirlar hamda nikoh qayd qilish marosimlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
***
Hozirgi rivojlangan va taraqqiy etayotgan davrda biror bir ixtiro yoki kashfiyot yaratish oddiy holga aylanib bormoqda. Bu boradagi yangiliklardan esa tez-tez ommaviy axborot vositalari orqali bilib olish qiyin emas. Masalan, yaqinda soat va ruchkalar ishlab chiqaruvchi Montblans kompaniyasi tomonidan tamaki barglaridan oltin peroli ruchka ishlab chiqarildi. Sreation Priveye brendi ostidagi Figurado nomli mazkur ruchkalar quritilgan barglardan ishlangan bo‘lib, yozadigan qismi 750 probali oltindan, bezagi uchun esa qimmatbaho turmalin hamda olmos donalari ishlatilgan. Ruchka saqlanadigan maxsus g‘aladon ham yuqori sifatli yog‘ochdan yasalgan. Yaqinda kompaniya tomonidan namoyish etilgan bu ruchkalar endilikda sotuvga chiqarilishi mo‘ljallanmoqda.
Horij matbuoti asosida Dilorom Mirxodiyeva tayyorladi.