AdMe ma’lum bir vaqtlarda Bukingem saroyi oshxonasida ishlagan oshpazlar aytgan sirlarni bir joyga to‘pladi.
Yelizaveta II ni ovqat shinavandasi deb bo‘lmaydi
Qirolicha oddiy taomlarni afzal ko‘radi. Chunonchi, nonushtaga yormali bo‘tqa, meva va tuxum; tushlikka baliq va sabzavotlar yoki tovuq va salat; kechki ovqatga esa qaymoq va qo‘ziqorinli sous bilan go‘shtli steyk tanovul qiladi.
Bukingem saroyi shtatida 20 oshpaz bor
Qirollik oshxonasida oddiy kunlarda 8—10, bayramlarda 20 oshpaz ishlaydi.
Yelizaveta II — shirintomoq
Qirolicha shokoladni, ayniqsa, tarkibida 60 foizdan ortiq kakao bo‘lgan qora shokoladni yaxshi ko‘radi.
Malika Diana to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga rioya qilgan
U ko‘p sabzavot, tovuqli ovqatlar yegan, qizil go‘shtni kamdan-kam iste’mol qilgan. Oshpazlar u uchun maxsus tarzda mashhur taomlarning yog‘siz versiyalarini pishirgan.
Keyt Middlton ham o‘zini ovqatda cheklaydi
Kembridj gersoginyasi asosan meva, sabzavot, butun donli mahsulotlar va yog‘siz go‘sht bilan oziqlanadi. Vaqti-vaqti bilan parhez tutadi.
Yelizaveta II sarimsoq yemaydi
Qirolichaning fikricha, og‘izdan sarimsoq hidi anqib turgan holatda odamlar bilan uchrashish — o‘ta odobsizlik, shu tufayli ushbu mahsulot qirollik oshxonasida taqiqlangan.
Manba: Daryo.uz