Madaniyat

Chiroyli qomat sari 4 qadam

Ish, uy, bolalar va yana ish... Fitnesga, mashg‘ulot zallariga borishga vaqtingiz yo‘qmi? Qayg‘urmang! Ushbu mashqlarni qayerda istasangiz va qachon xohlasangiz, bajarishingiz mumkin. 1 hafta o‘tiboq natija sezila boshlaydi.

1. Qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lamiz!

Stul yoki kresloga suyanib o‘tiring. Qo‘llaringizni tekis tutgan holda stulning o‘ng tarafiga qo‘ying. Tizzalarni sekin ko‘taring. Tovonlar poldan 15-20 sm. ko‘tarilsin. Bir necha daqiqa tizzangizni shu holatda ushlab turing. Va yana sekin tushuring.

2. Bo‘ksangiz qomatingizga mos bo‘lishi uchun…

..liftni esingizdan chiqaring. Iloji boricha zinalardan tushib-chiqing.

Oyoqlar chigilni yozamiz!

Ishxonada, jamoat transportida, oshxonada, televizor qarshisida umuman qayerda bo‘lsa ham, qanday oyoq kiyimda bo‘lsa ham, bu mashqni bajara olasiz.

Avval oyoq uchini ko‘taring, so‘ng tovonni navbatma-navbat ko‘tarib tushuring. Oyoqlaringiz tolmagunicha mashqni takrorlayvering. Bu mashq nafaqat oyoqlarni go‘zallashtiradi, balki varikozning ham oldini oladi.

  • Umurtqa pog‘onasi uchun…

Qomatingizni tik tuting, yelkalarni orqaga to kuraklar bir-biriga tekkanini his qilguningizcha ushlab turing, boshingizni yuqoriga ko‘taring-da, to‘g‘riga qarab yuring. Boshida bunday yurish sizga qiyinlik tug‘dirishi mumkin, ammo keyinchalik ko‘nikasiz.

Manba: Darakchi.uz