Salomatlik

Daraxt kurtaklari nimalarga davo?

Ayni vaqtda o‘lkamizda bahor. Daraxtlar asta-sekinlik bilan kurtak chiqarib, barg yozishga, gullashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

E’tiboringizga daraxt va o‘simlik kurtaklarining dorivor xususiyatlari haqida ma’lumot beramiz.

Qadimdan daraxt kurtaklari turli kasalliklarni davolash uchun qo‘llanilgan. Ularning har biri muayyan dardga davo sanalgan. Nastarin kurtaklari 

Nastarin kurtaklari qand kasalligi, oshqozon ishining yaxshilanishida samarali natija beradi.

Ushbu kurtaklar tarkibida teri oshlovchi , bioflavonoid moddalar juda ko‘p. Bir necha dona nastarin kurtagini chaynash oshqozon faoliyatini yaxshilaydi.

Qayin daraxti kurtaklari 

Halq tabobatida qayin kurtaklari fitoterapevtik vosita sifatida tan olingan. Kurtaklar oshqozon, bo‘g‘im va saraton kasalliklarini davolovchi damlamalar tarkibiga doimiy ravishda qo‘shiladi.

Olcha kurtaklari 

Qalqonsimon bez kasalliklarini davolashda yaxshi samara beradi. Bir haftada bir marta bir necha olcha kurtaklarini chaynash orqali kasallikni oson yengish mumkin.

Ignabargli daraxtlar 

Ularning kurtaklari o‘pka-bronx yo‘lari kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Yashil va yetilmagan konussimon archa mevalaridan bolalarga murabbo tayyorlab berish ham yo‘tal va surunkali yo‘talni ketkazishda yordam beradi. Olma daraxti 

Odatda, bahorning ma’lum oylarida olma daraxti kurtaklari kesib tashlanadi. Agar farzandingizda bosh og‘rig‘i, vahima, duduqlanish kabilar kuzatilayotgan bo‘lsa, kesib tashlangan shoxchalardan ajoyib dorivor vosita tayyorlash mumkin.

Buning uchun, kesilgan shoxlarning kichiklari kurtaklari bilan birga sirli idishga solinib, sariyog‘ bilan biroz qaynatiladi. Sovigach, u malham doriga aylanadi. (Malham dorini tayyorlash uchun 100 gramm kurtakli shohlar ustiga 200 gramm saryog‘ solinadi).

Yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar kuzatilganda, malham dori boshning chakka qismiga kam-kamdan surtiladi.

Shuningdek ginekologik kasalliklarda ham ushbu “maz”dan foydalanish mumkin.

Terak 

Uning kurtaklari erkaklarda kuzatiladigan qator kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Kurtakli kichik shoxlardan 100 gramm olinib, ustidan spirt qo‘yiladi. So‘ng yangi oy yaiqqan kundan boshlab, 14 kun qorog‘u joyda saqlanadi.

Belgilangan muddat o‘tgach, har kuni 10-15 tomchidan ichish tavsiya etiladi.

Na’matak, do‘lana, qora mevali chetan (ryabina) daraxtlari 

Ularnig kurtaklari qon tomir faoliyatini yaxshilash hamda ko‘z nuri xiraligini davolashda muhim ahamiyatga ega. Buning uchun o‘simlikning bir necha dona kurtagini har kuni yeyish maqsadga muvofiq.

Qorag‘at daraxti 

Boshqa daraxtlar bilan birga, bahorda qorag‘at daraxtining shoxlari ham kesiladi. Uning kurtaklari allergiyaga qarshi yaxshi dori vositasi bo‘lib, uni iste’mol qilish organizmning umumiy holatini yaxshilaydi.

Manba: Darakchi.uz