Chiroyli shakl berilgan mevalar dasturxon ko‘rkiga yanada ko‘rk bag‘ishlaydi. Umuman olganda, bu qiyin ish emas, faqat ba’zi qoidalarga rioya qilish kifoya.
Meva tanlashda yangi uzilganligi, shikast yetmaganligi va ezilmaganligiga e’tibor bering, aks holda ulardagi dog‘ va g‘adir-budur qismlar yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi.
Kesishdan avval mevalarni yaxshilab yuvib, artishni unutmang, ular ho‘l bo‘lmasligi kerak.
Mevalarni mehmonlar kelgach, dasturxonga tortish oldidan kesgan ma’qul, chunki bo‘laklangan mevalar tezda qorayib qoladi.
Meva kesishda juda o‘tkir pichoqdan foydalanish maqsadga muvofiq.
Kesilgan mevalarga ishtahani ochuvchi ko‘rinish berish uchun ularga jelatindan tayyorlangan jele surib chiqish mumkin.
Idish to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi lozim, u oppoq rangda bo‘lgani ma’qul.
Quyida esa mevalarni dasturxonga tortish usullaridan ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.
Manba: Daryo.uz