Ushbu salat 8-10 kishilik.
Kerakli masalliqlar:
1. Qaynatilgan go‘sht - 300 gr. 2. Tuxum - 6 dona 3. Tuzlangan bodring - 2-3 dona 4. Pishloq - 150 gr. 5. Ko‘katlar - 1 bog‘dan 6. Salat bargi - 2 bog‘ 7. Mayonez
Tayyorlanishi:
Go‘sht va pishloq somoncha, tuxum va bodring yarim oy shaklida to‘g‘raladi. Ko‘katlar va salat bargi yirik to‘g‘raladi.
Barcha masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Beka.Uz