Ish

Doim ish bilan band kishilarga qomatni saqlash bo‘yicha tavsiyalar

Jurnallarda, teledasturlarda, forumlarda xushqomat va sog‘lom bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanish kerakligi haqida bong uriladi. Bu, albatta, kishini ruhlantiradi, biroq sport bilan shug‘ullanish uchun vaqt bo‘lmasa, nima qilish mumkin?

Mutaxassislar fikricha, hayotingiz o‘ta qizg‘in va shoshma-shosharliklarga to‘la bo‘lganida ham qomatni saqlab qolish iloji bor. Buning uchun quyidagi tavsiyalarga quloq tutsangiz, kifoya!

Suv iching

1

Shifokorlar “Ko‘proq suv iching”, — deyishdan charchamaydi. Kun davomida bir shisha suv ko‘p narsa yeb qo‘ymaslik, sharbat va gazlangan ichimliklarni ko‘p ichib yubormaslik, demakki, keraksiz kaloriyalarni iste’mol qilmaslikka yordam beradi.

Ratsioningizni rejalashtiring

Dam olish kuni kelasi hafta uchun taomnoma tayyorlashga biroz vaqt ajrating. Ushbu taomlar uchun talab etiladigan mahsulotlarni ham dam olish kunida xarid qilib qo‘ying. Yangigina pishirilgan ovqatlar buterbrod yoki do‘kondan xarid qilingan boshqa tayyor yeguliklarga qaraganda ancha foydalidir.

Har yerda jismoniy mashqlar bajaring

Choy qaynashini kutayotgan, uy yig‘ishtirayotgan, kimnidir yoki nimanidir kutayotgan mahalingizda o‘tirib-turish, sakrash, oyoqlarni siltash kabi mashqlarni bajarish mumkin. Televizor ko‘rishni esa yotish o‘rniga obruch aylantirish orqali to‘la-to‘kis sport mashg‘ulotiga aylantirish mumkin.

To‘yib uxlang

Woman Sleeping

Uyquga to‘ymaslik kortizol stress gormonini ishlab chiqaradi va organizm serotonin baxt gormonini qidirib, odatda zararli va shirali yegulikni talab eta boshladi. Kanadalik olimlar fikricha, sifatli uyqu — vaznni kamaytirish dasturining muhim qismidir. Uyqu yetishmasligi organizmni yog‘larni zaxira qilib qo‘yishga undaydi.

Ishxonaga uydan yegulik olib boring

Bu iste’mol qilinadigan kaloriyalar hajmini kamaytiradi. Ish vaqtida qorin biroz ochiqqanida, do‘kondan shirinlik olib yeyish o‘rniga, uydan keltirilgan salat yoki olma bilan tamaddi qilib olish mumkin.

O‘zingizni ayblamang

Hech kim mukammal emas. Qaysidir payt irodangiz bo‘shlik qilib, bir paket chips yeb qo‘ysangiz, o‘zingizni qiynamang. Ruhshunoslar doimiy ravishda vijdon azobida bo‘lish odamni ruhan mayib qilishini aniqladi. Masalan, qorningiz borligidan norozi bo‘lib yursangiz, oshqozon-ichak kasalliklariga yo‘liqishingiz mumkin.

Maqolada Lady.mail.ru ma’lumotlaridan foydalanildi.