Kembridj universiteti olimlari 187 ta mamlakat aholisining 1990—2010 yillardagi kundalik ovqatlanish tartibini o‘rganib chiqdi va aholisi eng foydali oziq-ovqat iste’mol qiladigan mamlakatlar reytingini tuzdi, deb yozadi «Newsru.co.il».
Ta’kidlash joiz, tadqiqot natijalariga ko‘ra, Afrikaning nochor davlatlari rivojlangan davlatlardan farqli ravishda reytingning yuqori pog‘onalarini egalladi. Ularning ovqatlanish tartibi sabzavotlar, don mahsulotlari va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z ichiga oldi.
Eng sog‘lom ovqatlanish tartibiga ega mamlakatlar o‘nligiga Chad, Serra-Leone, Mali, Gambiya, Uganda, Gana, Kot-d’Ivuar, Senegal, Isroil va Somali kirdi.
Aksincha reytingning so‘nggi o‘rinlarini Armaniston, Vengriya, Belgiya, Chexiya, Qozog‘iston, Belarus, Argentina, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston va Slovakiya egalladi.