Oshxona

Dunyodagi eng oson tort

Pryanik va smetanadan iborat!

Kerakli mahsulotlar:

Pryanik – 0,5 kg

Smetana – 150 200 ml

Banan – 2 dona

Kivi – 1dona

Olcha/gilos – 1 stakan

Tayyorlanishi:

Kremni tayyorlash bananni tozalab, smetana bilan aralashtiriladi. Shakar qo‘shilmaydi. Pryaniklarni kichkina bo‘laklarga bo‘ling. 2 ta pryaniklarni tortni bezatishga olib qo‘ying. Pryanik bo‘laklarini kremga bulg‘alab olib, tortni yig‘ib chiqing. Tortni darhol likopga, yanada tekisrok bo‘lgan silikonli dumaloq yoki boshqa shakldagi qolipga, kosaga joylashtirsa bo‘ladi. Oziq-ovqat plyonkasini solish yoddan ko‘tarilmasin. Tort 15 30 daqiqa xona haroratida yaxshilab shimilishi uchun turadi, so‘ngra muzlatgichga qo‘yiladi. 2 soat o‘tgach, tortni qolipdan oling.

Endi bezatish mumkin. Chetga olib qo‘yilgan 2 dona pryanikni urvoq shaklida maydalab, tort ustiga seping. So‘ngra tortni sarhil, yangi va konservalangan turli mevalar bilan bezatib chiqsa bo‘ladi. Pryanik, smetana va mevalardan iborat tortimiz tayyor bo‘ldi.

Xurshida Xonim