Madaniyat

Dunyoning 8 nafar an’anaviy go‘zali (foto)

“Vokrug sveta” nashri dunyoning turli burchaklarida chiroyli deb hisoblanadigan sakkiz qizning suratini e’lon qildi.

Kambodja

560x850x038.jpg.pagespeed.ic_.1ZuUQqk6ii-395x600

Kambodjaning eng go‘zal qizlari — apsarlar, ya’ni shu nomli qadimiy raqs ustalari. Kambodjada raqqosa bo‘lish hozir ham nufuzli kasbdir. Raqs san’atini qizlar maxsus maktablarda o‘rganadi.

Laos

x017.jpg.pagespeed.ic_.2A-nnK82s-493x600

Laos qishloq va shaharlarida yilda bir marta yetti go‘zal — Kabinlafoma ruhi “qizlari” tanlanadi. Ularni shahar bo‘ylab aravada aylantirishadi. Qizlarning soch turmagi Budda boshidagi qavariq ramzini bildiradi.

Efiopiya

x025-473x600

Efiopiyaning bodilar qabilasi go‘zallari sochini tarashlab oladi, bunda boshda turli naqshlar yaratiladi. Biroq ularning asosiy bezagi — tanasidagi qavarib chiqqan chandiqlar. Ular terini tig‘ bilan kesib, hosil bo‘lgan yaraning ichiga kul va tuproq solish orqali yaratiladi.

Hindiston—Pokiston

1000xNx016-508x600

Hind-ariy qabilalaridan kelib chiqqan drokpa xalqi ayollarining an’anaviy kiyimi — pashmina (yupqa charm) va echki terisi. Go‘zallarning g‘ururi esa avloddan avlodga o‘tadigan perak bosh kiyimidir.

Namibiya

1000xNx008-469x600

Ximba xalqi ayollari soniga ip bog‘lab, butun badaniga qizil pasta surib yuradi. Bunday pastadan ular murakkab soch turmaklari yaratishda ham foydalanadi.

Rossiya

1000x1100-545x600

Deyarli har bir buryat qizda an’anaviy libos bor, uni bayram kunlari kiyishadi. Buryatlar nazdida soch odamning hayotiy energiyasi manbaidir. Uni yirik bezaklar taqqan holda himoya qilishadi.

Yaponiya

1000x1250xe1987f0b506424f66a97764a34cb7f3a-480x600

Okinava ayollari an’anaviy nutibana raqsi tufayli jozibadorligini uzoq vaqt saqlab qoladi. Nutibana raqqosalarini noodatiy liboslari orqali tanib olish mumkin. Ular xanagasa deb ataladigan katta shlyapa kiyadi, u gibiskus guli shaklida yasalgan.

Panama Respublikasi

1000x1503xa185f337cd5bacf44f3533459a7e1c82-399x600

Panamalik ayollar g‘ururi — polera an’anaviy libosi. Uning narxi bugungi kunda bir necha ming dollargacha yetishi mumkin. Go‘zallar sochini esa paynetas-de-balkon —toshbaqa kosasidan tilla plastina qoplab yasalgan gulchambar bezab turadi.