Bilasizmi?

Eng mashhur musulmon moda blogerlari (foto)

Bugungi maqolada arab moda blogerlarining eng taniqlilari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Saufiya Gudson (@feeeeya)

Saufiya shunchaki bashang kiyinuvchi qiz bo‘lib qolmasdan, Instagram’da o‘z sahifasini faollik bilan yuritadi, shuningdek, butun dunyoda mashhur bo‘lgan, musulmon modasi haqidagi Hijab Fashion blogi yaratuvchisi va muallifidir. Uning mushtariylari soni 3 million kishidan oshadi.

Lina Asad (@withloveleena)

Ko‘pchilik musulmon moda blogerlaridan farqli ravishda, Lina AQShda yashaydi, bu esa uning uslubiga ta’sir o‘tkazmasdan qolmagan. Qiz och rangli pastel gammani afzal ko‘radi, shuningdek, turli burma hoshiyalar va par-parlarni yaxshi ko‘radi.

Habiba da Silva (@lifelongpercussion)

Bu qiz Angliyada yashaydi va nafaqat feshn-bloger, balki dizayner sifatida ham tanilgan. Dizayner sifatida u aynan hijoblar yaratishga ixtisoslashgan. O‘z ishlarini Instagram’dagi sahifasi orqali e’lon qilib boradi.

Merayya Idrissi (@mariahidrissi)

Ikki yil avval Merayya H&M markasining reklama kampaniyasida suratga tushgan birinchi hijobli qiz bo‘lgach, tanilib ketdi. Endi esa qiz deyarli har kuni Instagram’da yangi liboslarda namoyon bo‘lishdan va obunachilarini zavqlantirishdan to‘xtamayapti.

Manba: Daryo.uz