Bilasizmi?

Erkak kishi rafiqasidan kutadigan 15 narsa

1) Rafiqasining bekordan-bekorga begona erkaklar bilan gaplashmasligini, erkaklar bilan gaplashish zarurati tug‘ilganda o‘zini jiddiy tutishini;

2) Ayolining tashqi qiyofasiga, kiyim-kechagiga e’tiborli bo‘lishini, ozoda yurishini;

3) Rafiqasining hayotida nechog‘liq o‘rin tutishini bilishni, uning maqtovini eshitishni;

4) O‘zi haqida gap ketganda rafiqasining kamsituvchi, qo‘pol so‘zlarini eshitmaslikni, hurmat qilishini;

5) Ayolining ruhiy madad berishini, ishonishini;

6) Kamchiliklarini eng yaqin qarindoshlariga ham aytmasligini;

7) Rashkini keltirib, boshqa erkaklarni maqtab, ko‘kka ko‘tarmasligini;

8) Ishdan kelganda rafiqasining ochiq chehra bilan kutib olishini, e’tiborli bo‘lishini;

9) Ota-onasiga yaxshi muomalada bo‘lishini;

10) Uning kamchilik va qusurlariga ko‘z yumishini;

11) Farzandlarining oldida yerga urmasligini, kamsitmasligini;

12) Oilaviy sirlarni ko‘chaga yoymasligini, erini birovlarga yomonlamasligini;

13) Bekordan-bekorga rashk qilmasligini;

14) Farzanlariga madaniy va ma’rifiy tarbiya berishini.

15) Turli janjallarga sabab bo‘luvchi g‘iybatlarga, nizolarga, janjallarga aralashmasligini istaydi. Islam-Today

Manba: Darakchi.uz