Bilasizmi?

Erta turishga qanday o‘rganish mumkin? 9 maslahat

Agar siz «boyqush»lar guruhiga kirsangiz va o‘z hayotingizdan mamnun bo‘lsangiz, unda kun tartibingizni o‘zgartirish shart emas. Agar buning aksi bo‘lsa-chi? Ko‘pchilik uchun «boyqush»likdan «to‘rg‘ay»likka o‘tish juda qulaylik tug‘diradi.

  1. Ertalabki taomillar

Erta tongda yangi kunni qarshilash va o‘zingizda bor narsalarning hammasi uchun minnatdorchilik bildirishga vaqtingiz bo‘ladi. O‘zingizni yaxshi ishlarga, ezgulikka tayyorlang.

  1. Ajoyib boshlanish

Erta turish va hamma narsani shoshilmasdan qilish – uxlab qolish, zo‘rg‘a turish, uyg‘ona solib ishga yugurish va hamma joyga kechikishdan ko‘ra yaxshiroq.

  1. Jimjitlik

Erta tong – sutkaning eng sokin va jimjit payti hisoblanadi.

  1. Tong yorishishi

Kech turadigan kishilar tong yorishishi — tabiatning eng go‘zal in’omlaridan birini ko‘rishdan bebahra qoladi.

  1. Nonushta

Erta tursangiz nonushta qilishga ham bemalol ulgurasiz. Nonushtadan keyin esa o‘zingizni juda yaxshi his qilasiz.

  1. Mashg‘ulotlar

Albatta, sport bilan kun davomida ham shug‘ullanish mumkin. Lekin ertalabki mashqlarga boshqa ishlar xalal bermaydi, sizda buni muntazam ravishda bajarish uchun imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.

  1. Unumdorlik

Ko‘pchilik uchun ertalab – sutkaning eng unumli payti hisoblanadi.

  1. Rejalashtirish

Aynan ertalab, o‘z ishlaringizni boshlashdan oldin, o‘z maqsadlaringiz va bugun nimalar qilish haqida o‘ylash uchun eng yaxshi payt hisoblanadi.

  1. Ishga borish

Ertalab qancha ertaroq chiqsangiz, hali tirbandlik bo‘lmagani uchun ishga borish shuncha osonroq va yoqimliroq bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz