Aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkalari inson salomatligidagi qanday muammolarni hal qiladi?
Aktivlashtirilgan ko‘mir — inson organizmini tozalashda dunyodagi eng qadimiy va ommaviy uslublardan biridir.
U ming yillar davomida sharq tabobatida, xususan xitoy tabobatida zaharlanishga qarshi vosita sifatida qo‘llanib kelgan.
Bizning davrimizda esa, bu vosita alkogol va giyohvandlik moddalari bilan zaharlanishda birinchi yordam vositasi sifatida ishlatiladi.
Detoksifikatsiya — aktivlashtirilgan ko‘mirning yolg‘iz shugina bo‘lmagan, bir qator xossalaridan eng asosiysidir.
Agar siz ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash, xolesterin miqdorini pasaytirish va hatto qartayishni sekinlashtirish uchun tabiiy vosita izlayotgan bo‘lsangiz — aktivlashtirilgan ko‘mir bu sohada mislsiz vositadir.
Aktivlashtirilgan ko‘mirning salomatlik uchun 10 xil foydali xossalari:
1. Meteorizm va qorin dam bo‘lishidan foydali vosita
Qorin dam bo‘lishi hammada ham sodir bo‘lib turadi. Mutaxassislar fikricha, har bir kishi sutkasiga 14 marta damdan forig‘ bo‘lib turishi me’yoriy-tabiiy holat hisoblanadi. Lekin sizni meteorizm yoki og‘riqli qorin dam bo‘lishi bezovta qilayotgan bo‘lsa, bunda sizga aktivlashtirilgan ko‘mir yordam beradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ovqat iste’molidan oldin aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkalari iste’mol qilinganida, ichaklarda yig‘ilgan gazlar miqdori sezilarli ravishda qisqaradi.
2. Xolesterin miqdorini pasaytirish
Xolesterin miqdorining ko‘payishi yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqish ehtimolini ikki barobarga ko‘paytiradi.
Bir oy mobaynida 8 g miqdordagi aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkasidan uch mahal ichib yurgan kishilarda LDL-zararli xolesterin miqdori 41% ga pasayganini, va foydali HDL-xolesterin esa, 8 % ga ko‘payganini tadqiqotlar isbotladi.
3. Buyraklar salomatligini asrash
Har kuni inson buyraklari taxminan 115-140 litr qonni tozalab beradi, natijada chiqindi va ortiqcha suyuqliklardan iborat 1-2 litr peshob ajratib beradi. Jigar bilan birgalikda buyraklar Yaratganning tabiatdagi eng mukammal tozalab beruvchi tizimini tashkil etadi.
Lekin ovqatlanish davomida shakar, tuz, jonivorlar oqsili, yog‘lar va turli konservantlarni haddan tashqari suiste’mol qilish turli kasalliklar va buyrak faoliyatida yetishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aktivlashtirilgan ko‘mir peshob, boshqa zaharli va zararli suyuqliklarni organizmdan chiqarib yuborishi sababli, bu foydali tabiiy shifobaxsh vosita buyraklar salomatligini saqlashda beqiyos yordam beradi.
4. Ovqatlanishdan sodir bo‘lgan zaharlanishni tezda baotaraf qilish
Ovqatlanishdan sodir bo‘lgan zaharlanish holati kishilar o‘rtasida keng tarqalgan hodisa — faqat birgina AQShda har yili kishilar o‘rtasida 48 mln zaharlanish holati qayd etiladi. Ko‘ngil aynishdan, ich ketishidan, qorinda bo‘ladigan og‘riqdan, ovqatlanishdan bo‘ladigan zaharlanishdan so‘ng yo‘qotiladigan kunlardan himoyalanish usullaridan biri bu — mazkur noxush holatlar kuzatilganining dastlabki lahzalaridayoq aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkalaridan iste’mol qilish. Aktivlashtirilgan ko‘mir iste’mol qilish ovqatlanishdan kuzatiladigan zaharlanishda ham tavsiya etiladi, chunki u toksin (zaharli) moddalarni bartaraf qiladi.
5. Terining mayin va yumshoq bo‘lish siri
Kir va yog‘ teridagi teshikchalarni bekitib qo‘yadi. Ular yuz terisiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, insonni qarimsiq qilib ko‘rsatadi, terini tozalash uchun ishlatiladigan zamonaviy vositalar esa, zararli kimyoviy moddalar bilan to‘yintirilgan.
Aktivlashtirilgan ko‘mir go‘yo magnit kabi teri teshikchalaridan kir va yog‘larni so‘rib oladi, terini toza, musaffo va yumshoq holga keltiradi.
6. Ipakdek tovlanadigan sochlar
Inson terisining ko‘rkamligi va chiroyiga zarar yetkazuvchi toksinlar, kir va yog‘lar sochlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ular ko‘rinishini noxush va ko‘rimsiz holatga olib keladi.
Aktivlashtirilgan ko‘mir soch follikullari(tuxum hujayra, soch ildizi to‘qimalari)ni tozalaydi, uni ipakdek mayin va chiroyli tovlanadigan qiladi. Ekologik zararli ximikatlardan iborat shampunlardan farqli o‘laroq, aktivlashtirilgan ko‘mir 100 % ekologik toza, tabbiy moddalardan tashkil topgan vositadir.
7. Tishlarni sadafdek oqartirish
Tish cho‘tkasiga aktivlashtirilgan ko‘mirni maydalab sepib, haftasiga 2-3 marta tishlar yuvilsa, kifoya qiladi. Aktivlashtirilgan ko‘mir tish emalini tozalaydi, tishlar sirtida paydo bo‘layotgan keraksiz kir qatlamini mikroskopik zarralardan tozalab, asl-musaffo holiga keltiradi.
8. Og‘izdan yoqimli hid kelishi
Og‘izdan keladigan noxush hiddan forig‘ bo‘lishda ham aktivlashtirilgan ko‘mir qo‘l keladi. Bu nafaqat noxush hidni yo‘qotuvchi vosita, balki og‘iz bo‘shlig‘idagi kislota-ishqor muvozanatini me’yoriga keltiruvchi tabiiy vositadir, bu esa tish va milklarni har xil kasalliklar va bakteriyalardan himoyalaydi. Tishingizni aktivlashtirilgan ko‘mir bilan tozalang, hayajonlanishga o‘rin yo‘q, u mazaga ega emas, qoraligi ham sizni o‘ylantirmasin, og‘izni g‘arg‘ara qilib yuvilganda ko‘mir rangi ham yuvilib ketadi.
9. Erta qartayishning oldini olish
Aktivlashtirilgan ko‘mir faolligi insonni yoshartirishi, teri va sochlarga chiroy berishi, tishlarni sadafdek oqartirishi bilan cheklanmaydi. Aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkalarini muntazam iste’mol qilish sog‘lom hujayralarni o‘ldirib, tananing erta qartayishiga sabab bo‘luvchi zararli toksin va shlaklarni organizmdan chiqarib yuborishi ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlangan.
10. Ovqat hazm qilish tizimini tozalash
Sabzavot va mevalardagi pestitsidlar, hayvonni so‘yilmasidan oldin uni semirtirish uchun qo‘shiladigan go‘shtidagi gormonlar, ichimlik suvlardagi kimyoviy moddalar — biz o‘ta toksik shart-sharoitlarda yashayapmiz.
Bu zararli moddalar inson organizmi oshqozon-hazm tizimida yig‘ilib boradi, bu esa, shamollash kasalliklarini keltirib chiqaradi va kuch-quvvatni kesadi. Mustahkam sog‘lik va yaxshi kayfiyat uchun oshqozon-ichaklar hazm tizimini muntazam tozalab turish lozim. Bu maqsadga erishishning eng yaxshi vositasi — aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkalarini iste’mol qilish. Yetti kun ko‘mir tabletkalari bilan detoksifikatsiya (zararli moddalardan organizmni tozalash) qilish — sizning salomatligingizni tiklashga asosdir.
Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi
Manba: Darakchi.uz