Bilasizmi?

Fendan turmushda foydalanishning 7 usuli

Bu buyum har bir ro‘zg‘orda bor, lekin uning noyob imkoniyatlari haqida ko‘pchilik bilmasligi mumkin. Bugun biz sizga kundalik hayotda fendan foydalanishning bir necha usullari haqida aytmoqchimiz.

Yog‘och yuzadagi dog‘larni ketkazish

Ba’zan, yog‘och stolga piyolani qo‘yar ekansiz, stol ustida qolgan xunuk dog‘ni payqab qolasiz. Bu dog‘ni fen yordamida bir-ikki daqiqa qizdirsangiz, u osongina yo‘qoladi.

To‘shakni shishirish

Bu usulni bilib olsangiz, shishiriladigan to‘shakni havo bilan to‘ldirish siz uchun juda osonlashadi. Plastik butilka tagini kesing va uni skotch yordamida fenga mahkamlang. Endi bemalol dam berishga kirishsangiz bo‘ladi!

Plastirni olib tashlash

Plastirni olish — yoqimsiz va og‘riqli ish, lekin ma’lum bo‘lishicha buning oldini olish mumkin ekan! Plastir yopishtirilgan joyni fen yordamida bir necha daqiqa qizdirsangiz u oson olinadi.

Konvertlarni ochish

Ba’zan pochta orqali muhim hujjatlarni jo‘natishda konvertni yopishtirganingizdan keyin biron-bir hujjatni unutib qoldirganingizni bilib qolasiz. Endi siz qaytadan yangi marka sotib olmasangiz ham bo‘ladi. Yopishtirilgan konvertni ochish uchun uning yelimlangan joyini fen yordamida bir-ikki daqiqa qizdirishning o‘zi kifoya qiladi.

Mum dog‘larini ketkazish

Gilam ustiga to‘kilgan mum dog‘larini fen yordamida tozalash mumkin. Muammoli yuzani bir-ikki daqiqa davomida qizdiring va erigan mumni qog‘oz salfetka yordamida artib oling.

G‘ijim bo‘lgan kiyimni tekislash

Dazmol bo‘lmay qolgan vaziyatlarda, g‘ijimlanib qolgan kiyimga biroz suv seping va uni fen yordamida yaxshilab quriting. Natijada kiyimingiz dazmollangandek bo‘ladi.

Ko‘zoynaklar shaklini to‘g‘rilash

Ko‘zoynagingiz ilgarigidek turmayaptimi? Uni to‘g‘rilashning iloji bor: ko‘zoynakning plastik qismini fen yordamida qizdirsangiz uning shaklini qo‘l bilan to‘g‘rilasa bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz