Bilasizmi?

Foydasi g‘ij-g‘ij – jag‘-jag‘

Xalq tabobatida jag‘-jag‘ qon to‘xtatish xususiyati bilan mashhur. Ayniqsa, burun qonaganida jag‘-jag‘ damlamasi asqotadi.

Shuningdek, damlama qon bosimini tushirish, siydik yo‘li kasalliklari va ich ketganida ham foyda beradi.

Uni tayyorlash uchun 2-3 qoshiq maydalangan ko‘kat ustiga 200 ml. qaynoq suv quyiladi. 1 soat mobaynida tindiriladi. Kuniga 3-4 marta 30-40 ml.dan ichiladi.

Jigarni tozalashda esa ushbu ko‘kat qo‘shilgan somsa va chuchvara tanovul qilish lozim. Qarshi ko‘rsatmalarga ega emas.

Manba: Darakchi.uz