Oshxona

Fransuzcha salat - yangicha «pentuza»dan totib ko‘ring!

Zarur masalliqlar: 300 gr. pentuza, 20 ta qisqichbaqa tayoqchasi, 1 bo‘lak sarimsoq piyoz, yarim bog‘ kinza, 4 osh qoshiq kunjut yog‘i, 1 osh qoshiq soya qaylasi, limon sharbati, zanjabil novdasi, qizil murch.

Tayyorlanishi: 1. Pentuzani qaynatilgan suvga solib, 2 daqiqa qo‘ying. Keyin suvini yaxshilab silqiting.

2. Sarimsoq piyoz, zanjabil novdasi va kinzani maydalab to‘g‘rang.

3. Kunjut yog‘ini qizdirib, sarimsoq piyoz va zanjabil novdasini soling. Ozgina qovurgach, qisqichbaqa tayoqchalarini ham soling. Kinza va limon sharbatini ham qo‘shib, 1 daqiqa past olovda qoldiring.

4. Pentuzani qisqichbaqa tayoqachalari bilan aralashtirib, soya qaylasi va qizil murch soling-da, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.

Manba: Darakchi.uz