Hozir qaysi qahvaxonaga yoki restoranga kirmang, bir guruh bo‘lib yig‘ilgan ayollarga ko‘zingiz tushadi. Istagan restoraningizga kirsangiz ham xuddi shu ahvol. Albatta, jonkuyar ayollarimiz dam olishsa olishibdi-da dersiz. To‘g‘ri, dam olish, dugonalar bilan gaplashishning zavqi bor. Ammo kuzatuvlarimiz gapning bizga yetadigan kamida 5ta zarari borligini aniqladi. 1. G‘IYBAT NOXOLIS BO‘LIShI MUMKIN Davraga kelmay qolgan qarindoshingiz yoki dugonangiz tabiiyki g‘iybat o‘qiga nishon bo‘ladi. Ammo uning nima uchun kelmay qolgani sababini izohlab go‘yoki unga achinayotgan dugonangiz ham aslida unga xayrixoh bo‘lmasligi, vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin. 2. HAMMA BILAN SOLIShTIRISh FOYDA BERMAYDI O‘zingizni hali u dugonangiz bilan, hali bu dugonangiz bilan solishtiraversangiz, baxtsiz ekanman, deyish uchun talay sabablar topasiz. Vaholangki, siz havas qilayotgan ko‘ylakni dugonangiz qo‘shnisidan olib kiygan, sizga yoqqan taqinchoqni esa birovdan ijaraga olgan bo‘lishi ham mumkin. Shu arzimas matohlarni deb o‘zingizning holingizga achinish aqlli xonimga mos kelmaydi. 3 . OShQOZON G‘OR EMAS. Ketma-ket qo‘yilayotgan ovqatlarning soniyu, yog‘lilik darajasini aniqlashning iloji yo‘q. Ammo gapga berilib, ortiqcha taom yeb yuborsangiz, albatta sog‘ligingizga zarar keltiradi. 4. DAVRANGIZDAN O‘RNAK OLIB BO‘LARMIKAN? Siz o‘tirgan davradan ilm uchun, o‘zingiz uchun kerakli foydali maslahat olishingiz aniqmi? U yerdan shunchaki gapirib vaqt o‘tkazib qaytsangiz bundan kimga foyda?
Kutubxona