Bilasizmi?

Gaz pechi panjarasini tozalaymiz

Har bir uy bekasining sarishtaligi, birinchi o‘rinda, oshxonasiga qarab baholanadi. Va u yerdagi jihozlarning tozaligi ham uy bekasining ozodaligidan darak beradi. Shunday jihozlardan biri gaz pechi ustidagi panjarani yuvish sirlari bilan bo‘lishdik.

1. Qanchalik tez tozalash ishlarini tugatgingiz kelsa ham, vaqtni ayamang. Buning uchun avval panjarani gaz pechidan ajratib oling. Gaz pechi patnisiga suv quyib, pech ichiga qo‘ying, so‘ng ustiga panjarani joylashtiring-da, gazni 15 daqiqaga yoqib, boshqa ishlaringizni qilavering. Kuchli bug‘lanish natijasida qotib qolgan yog‘ qoldiqlari erib tushadi.

2. Agar hovlida yashasangiz, xalqona uslubni qo‘llab ko‘ring. Olov yoqib, ustiga panjarani qo‘ying-da, yog‘lari oqib tushib, toza bo‘layotganini tomosha qiling.

3. Shuningdek, panjaraga tarkibida kislota bo‘lgan istalgan vositani surtib, 12 soatga ivitib qo‘yish ham samarali tozalash usulidir.

4. Yoki qo‘llaringizga rezina qo‘lqoplarni kiying-da, ishga kirishing, sim sochiq yoki metal gubka yordamida qum bilan panjarani ishqalang.

5. 2-3 soatda ishingiz osongina bitishi uchun sirkali suvga panjarani ivitib qo‘ying, so‘ng toza suv bilan yuvib tashlang.

6. Ishingizni yanada osonlashtirish uchun esa har doim kechquringi idish-tovoqlar yuvib bo‘lgach, uni yuvib, artib, quritib qo‘ying. Yana bir narsani unutmang, panjara ustiga to‘kilgan sut yoki boshqa suyuqliklarni darrov artib oling. Bu sizning bir necha daqiqangiznigina oladi xolos, ammo keyinchalik yuzaga keladigan muammodan qutulasiz.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi